Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Sho‘rtan» yig‘iniga «Bunyodkor», AGMK, «Navbahor» va «Buxoro» futbolchilari qo‘shilishdi

«Sho‘rtan» yig‘iniga «Bunyodkor», AGMK, «Navbahor» va «Buxoro» futbolchilari qo‘shilishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Mash’al” (Muborak) bilan o‘tkazilgan nazorat uchrashuvidan so‘ng (2:2), “Sho‘rtan” jamoasi tayyorgarlik jarayonlarining ikkinchi bosqichini yakunladi.

Bevosita muborakliklarga qarshi bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, ob-havo sovuqligi biroz o‘yin borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, ammo uchrashuv foydali bo‘ldi. Chunki “Mash’al” kuchli jamoalar sirasiga kiradi va qolaversa, muborakliklar oldiga ham jiddiy maqsad qo‘yilgan.

Mazkur o‘yindan keyin futbolchilarga bir necha kunlik xordiq berilgandi. Endilikda “Oq bo‘rilar” jamoasi mashg‘ulotlarni 24 yanvardan G‘uzordagi o‘z qarorgohida davom ettirishmoqda.

Yangi mavsum uchun tayyorgarlik ayni qizg‘in pallasida. Erkin agent maqomidagi futbolchilar iqtidorlarini namoyon qilgan holda futbol klublari orqali saralanib olinmoqda. An’anaga sodiq qolgan holda “Sho‘rtan” futbol klubi ham tayyorgarlik jarayonini boshlaganidan buyon asosiy e’tiborni malakali futbolchilarni saralab olishga va ularning jismoniy holatiga qaratgan.

Murabbiylar shtabi seleksiya ishlarini davom ettirib, tarkibni shakllantirishga harakat qilishmoqda. "Sho‘rtan" safiga yana bir qator o‘yinchilar kelib qo‘shildi. Bular: Davron Isoqov - hujumchi  “Buxoro”, Nodirbek Abduxoliqov - qanot himoyachi “AGMK”, Farhod Imomov - himoyachi “AGMK”, Abduvohid Sharipov - himoyachi “Navbahor” va Akobir Qayumov - darvozabon “Bunyodkor”.

Reja bo‘yicha, 29 yanvar kuni G‘uzorning BO‘SM maydonida navbatdagi sinov nazorat uchrashuvi doirasida vakillarimiz Samarqandning “Dinamo” futbolchilari bilan bahs olib borishadi.

“Sho‘rtan” matbuot xizmati bo‘limi.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 18:34, 28.01.2022.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик