Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Buxoro" yana 3 nafar futbolchi bilan bog‘liq qarzdorlik masalalarini yopishi kerak

"Buxoro" yana 3 nafar futbolchi bilan bog‘liq qarzdorlik masalalarini yopishi kerak

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev "Buxoro" klubidagi qarzdorlik masalalari bo‘yicha xabar berdi.

"Shu yilning 13 yanvar sanasidan e’tiboran FIFA "Buxoro" futbol klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘ygandi. Kecha "Buxoro" masalani hal qildi va FIFAga hisobot taqdim etdi. Turkmanistonlik futbolchida e’tiroz qolmagan bo‘lsa, kelasi hafta FIFA taqiqni olib tashlashi mukin.

Mana shu vaqtda "Buxoro" safida legionerlar mashg‘ulot o‘tkazayotgani va klub ular bilan muzokara olib borayotgani bizni xavotirga soladi. Boisi "Buxoro" yana 3 nafar tojikistonlik sportchi bilan ham qarzdorlik masalasini tezroq hal qilishi kerak. Katta ehtimol bilan tez orada ular ham FIFAga murojaat qiladi.

Ma’lumot uchun. Klub futbolchi bilan shartnomaga imzo cheksa, mazkur shartnoma O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilishi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, u yuridik kuchga ega hisoblanadi va FIFA mazkur shartnomaning ehtimoliy muammolariga nisbatan qaror chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, eski muammolar hal etilmaguniga qadar, yangisini boshlamaslik to‘g‘riroq.

Biz 2022 yilgi mavsumdan yana bir yangilikni amalga tadbiq etish arafasida turibmiz. Ya’ni, 2023 yilgi mavsumning 31 yanvariga qadar klublar eski yillar bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq bartaraf etmasa, ularga nisbatan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqini qo‘yish yoki boshqa sanksiyalarni qo‘llash masalasi tez orada O‘FA Ijroqo‘miga kiritiladi. Yevropada bu odatiy hol. Bizda esa ayrim klublar eski qarzlarni yopmay turib, yangilarini yaratishga odatlanib qolgan. Biz albatta buni ham tartibga solishimiz kerak. Hozirgi holatda futbol klublari smetasini O‘FA bilan kelishayotgani va yil yakunida mana shu holat bo‘yicha hisob berishi bu yo‘nalishdagi birinchi qadam hisoblanadi", - deb yozdi Imomxo‘jayev o‘z "Telegram" kanalida.

Manba: Telegram.me/diyorimomkhodjaev
Kiritildi: 14:54, 29.01.2022.
O'qildi: 1305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.