Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Manchester Siti»ning homiylaridan biri qalbaki firma ekanligi taxmin qilinmoqda

«Manchester Siti»ning homiylaridan biri qalbaki firma ekanligi taxmin qilinmoqda

Baho:
+ | -

Off The Pitch sayti 2015 yildan beri "shaharliklar" homiysi bo‘lgan va klubning «xavfsiz to‘lovlar bo‘yicha rasmiy hamkori» bo‘lgan Wega kompaniyasini tekshirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda Wega mijozlarga birorta ham xizmat taklif qilmayapti, LinkedIn yoki boshqa saytlarda kompaniyaning birorta xodimini topishning imkoni yo‘q. Kompaniya Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan va uning aloqa telefon raqami sifatida Manchesterdagi mavjud bo‘lmagan raqami berilgan.

Bundan tashqari, Wega 2022 yilgi Jahon chempionati bilan parallel ravishda o‘tkazish uchun Qatarda 15 million dollarlik «Kibersport bo‘yicha Jahon kubogi» markazini ishga tushirdi. Biroq turnir tafsilotlari e’lon qilinmagan, JCH-2022 rasmiy vakillari esa kibersport turniri haqida hech narsa bilishmaydi.

«Manchester Siti» Wega haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Tekshiruv «Manchester Siti» 2020/21 moliyaviy yil hisobotini e’lon qilgan paytga to‘g‘ri keldi, unda «shaharliklar»ning daromadi 569,8 million funt sterlingni tashkil etgan, shundan 271 funt sterling tijorat daromadi sifatida qayd etilgan.

2020 yilda «Manchester Siti» homiylik qiymati bo‘yicha UYEFA bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun 10 million yevro jarimaga tortildi.

Kiritildi: 16:23, 29.01.2022.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.