Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi taqdirlandi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi taqdirlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Tojikistonda o‘tkazilgan “CAFA Womenʼs Futsal Championship 2022”  musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futzalchilarimizni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida yurtimizda ayollar futboliga berilayotgan e’tibor, qolaversa ahillik va jamoaviy mehnat yotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish yo’lida O‘FA yaponiyalik tajribali murabbiylarni jalb qildi. Hammamizga ma’lum, Yaponiya Jahon chempionatida doimiy ishtirok etib keladi, mutaxassislari ham xalqaro miqyosda katta tajribaga ega hisoblanadi. Shu sababli, ayollar futboliga Midori Honda bosh murabbiy etib tayinlandi, umid qilamizki, Sizlar ushbu yangi murabbiy bilan oldimizga qo‘yilgan yuqori maqsadlarga erishish yo’lida tinmay mehnat qilib, o‘z ustingizda ishlab borasizlar”, deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda futzalchilarimizni samimiy tabriklab, jamoa oldida qilinadigan ishlar ko‘pligini, fevral boshidayoq terma jamoa yig‘inlarga kirishini va yuqori marralar yo’lida birgalikda harakat qilish kerakligini aytib o‘tdi.

Futzal terma jamoamizning keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. O‘z navbatida, murabbiylar shtabi so‘nggi yillardagi ayollar futboliga berilayotgan e’tibor ortganini e’tirof etdi. Jamoa nomidan musobaqa to‘purari Maftuna Shoyimova O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:47, 29.01.2022.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик