L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, "Bordo" "Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jonsga qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz klubi himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va 29 yoshli angliyalikni nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
3 yanvar kuni Fil Jons 2020 yil yanvaridan beri ilk bor rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi uzoq vaqt davomida tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi.