Angliyalik mutaxassis Frank Lempard «Everton» klubi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Liverpullliklar ushbu tayinlovni bir necha soatdan keyin rasman e’lon qiladi.
"Everton"ni boshqarish uchun Vitor Pereyra va Dunkan Fergyusonlarning nomzodlari bor edi, biroq klub rahbariyati Lempardga ishonch bildirishni ma’qul ko‘rdi.