Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Yaponiyalik murabbiylar Turizm va sport vazirligida bo‘lishdi

Yaponiyalik murabbiylar Turizm va sport vazirligida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, yurtimizda ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish va uni yanada rivojlantirish maqsadida O‘FA tomonidan O‘zbekiston ayollar terma jamoasining bosh murabbiyligiga yaponiyalik tajribali mutaxassis Midori Honda jalb etildi.

Midori Honda va uning yordamchisi Takaya Susumi Turizm va sport vazirligida bo‘lishdi. Uchrashuvda Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Aziz Abduhakimov Yaponiyaning ayollar futbolida erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi. Shuningdek ularga bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumot berildi.

Yaponiyalik mutaxassislar yordamida mamlakatimizda ayollar futboliga tartib va mehnasevarlik kabi yapon xalqiga xos xarakterni shakllantirish kerakligi aytildi. Jamoamizning oldiga katta maqsadlar qo‘yilgani, bu yo’lida barcha sharoitlar taqdim etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda yaponiyalik murabbiylar bilan ayollar jamoamizni rivojlantirishga oid keyingi rejalar muhokama qilindi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:10, 29.01.2022.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.