Yarim himoyachi Romen Fevr "Brest"ni tark etishga yaqin turibdi.
Jurnalist Julyen Meynar xabariga ko‘ra, "Lion" 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishib olgan. Bitim 15 million yevro va yana 3 million bonusga baholangan.
Yarim himoyachi bilan shartnoma 2027 yilgacha tuziladi, u ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.