Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Boks. U-22 Osiyo chempionati haqida qiziqarli raqamlar

Boks. U-22 Osiyo chempionati haqida qiziqarli raqamlar

Baho:
+ | -

Boks bo‘yicha Toshkentda o‘tgan U-22 Osiyo chempionati qit’amizning ayni paytdagi eng kuchli yosh iqtidor egalarini kashf etib berdi. An’anaga muvofiq, ushbu musobaqadan so‘ng chempionatning eng yaxshilari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, musobaqaning Eng yaxshi erkak bokschisi nomi hamyurtimiz Ruslan Abdullayevga nasib etdi. 2021 yil O‘zbekiston chempionatida eng yaxshi bokschi deb topilgan Abdullayev o‘z vaznida qit’amiz yoshlari orasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi.

Eng yaxshi ayol bokschi – Iri Sena (Yaponiya).

Iri tom ma’noda ushbu musobaqaning yulduzlaridan biri edi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Tokio-2020 chempioni kutilganidek, o‘zining ajoyib texnikasi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turdi.

Eng yaxshi hakam – Aleksandr Hamidov (O‘zbekiston).

Ushbu hamyurtimiz qit’amiz yosh hakamlari orasida yildan yilga katta yutuqlarga erishib bormoqda. Uning o‘z ustida ishlashi, vaziyatni chuqur his eta olishini ko‘plab xalqaro ekspertlar ham e’tirof etishgan.

Sovrin jamg‘armasi.

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) musobaqalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish niyatida undagi sovrin jamg‘armasini oshirib bormoqda. Ilk bor tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay, Toshkentdagi musobaqaga ham yetarlicha mablag‘ ajratildi. Har qalay, qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan yosh bokschining 8 ming AQSH dollar mukofotiga ega bo‘lishi yomon raqam emas. Shuningdek, kumush medal sohibi 4 ming, bronza medali egalari esa o‘z hisoblarini 2 ming AQSH dollaridan boyitib olishadi.

Medallar jamg‘arish.

16 ta oltin! Bu marra katta ehtimol keyingi o‘tadigan ushbu yoshdagi qit’a birinchiligi uchun har qanday jamoaga uddalab bo‘lmas “planka”ga aylanib ulgurdi. Shuningdek, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini ham qo‘lga kiritgan yoshlarimiz millionlab muxlislarimizga yana bir g‘alaba zavqini ulashishdi.

2 tadan oltin va kumush, 8 ta bronza medallarini jamg‘argan Mo‘g‘uliston ikkinchi, 1 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan Tojikiston termasi uchinchi bo‘ldi. Oltin medal ololgan jamoalar safiga Yaponiyani ham qo‘shish mumkin. Kun chiqar yurt vakillari yana 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ham ega bo‘lishgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:43, 30.01.2022.
O'qildi: 1706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик