Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Latviyada futbolchilar joy olgan avtobus YTHga uchradi (foto)

Latviyada futbolchilar joy olgan avtobus YTHga uchradi (foto)

Baho:
+ | -

Latviyaning RFSH (Riga futbol maktabi) klubi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib qaytayotganida YTHga uchradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«RFSH bayonoti. Shanba kuni kechasi Finlyandiya poytaxti Xelsinkidan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib qaytayotgan jamoasi YTHga uchradi. Taxmiman Rigadan 40 kilometr uzoqlikda jamoamiz joy olgan avtobus yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Garchi, tezlik katta bo‘lmagani bilan, ob-havo sharoiti tufayli to‘qnashuvning oldini olishni imkoni bo‘lmadi.

Bir-birlariga yordam berib, barcha futbolchilar va jamoaning boshqa vakillari avtobusning lyukidan chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki futbolchi va bitta xodimga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, keyinroq esa ular shifoxonaga olib ketildi. Ko‘pchilik baxtsiz hodasidan keyin shok holatiga tushib qolgandi.

Yaqin kunlar ichida futbolchilardan birining burni operasiya qilinadi. Bir nechta futbolchilar jarohat oldi, lekin bu jarohatlarning ularning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilmaydi. Ko‘pchilik jarohat oldi, lekin hodisaning og‘irligini hisobga olganda, jamoamizga omad kulib boqdi.

Hozirda RFSH klubida avtofalokat sodir etgan avtomobil borasida hech qanday ma’lumot yo‘q. Tez yordam mashinasiga, polisiyaga va shifokorlarga, yo‘lda sovuqda turgan futbolchilarni olib ketgan yo‘lovchi mashinalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramix», — deyiladi klub bayonotida.

Kiritildi: 03:25, 31.01.2022.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.