Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Braziliyada Neymardan so‘ng yangi iqtidor katta sahnaga chiqishga tayyor

Braziliyada Neymardan so‘ng yangi iqtidor katta sahnaga chiqishga tayyor

Baho:
+ | -

Braziliyada ayni dam Neymardan so‘ng super iqtidor yetishib chiqmoqda. U 175 o‘yinda 171 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Quyida u haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Yevropaning top-klublari 15 yoshli Endrik uchun kurashga qo‘shilgan. Uning katta ehtimol bilan «Real»ga o‘tishi kutilmoqda. Futbol olamida yangi iqtidorning paydo bo‘lishi turli xil OAVlarda aylanmoqda. Ushbu ismni eslab qoling - bu Endrik. «Real Madrid», «Barselona», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Chelsi», «Bavariya», «PSJ» va Yevropaning boshqa ko‘plab top-klublari «Palmeyras» vunderkindi uchun kurash olib bormoqda.

Kuni kecha Braziliyada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi yoshlar turniri - «Kopinya» yakunlandi. «Palmeyras» o‘z tarixida birinchi marta ushbu musobaqada g‘alaba qozondi. Endrik yetti uchrashuvda jami oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan finalda «Santos»ga qarshi o‘yinda (4:0) musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U bir necha oy oldin Janubiy Amerikaning eng nufuzli klublar kubogi - Libertadoresni qo‘lga kiritgan asosiy jamoa bilan shug‘ullangan.

Statistiklaga ko‘ra, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi bahslarda Endrik 175 o‘yinda 171 ta gol urgan. Super natija emasmi?! Uni hozir Neymar bilan solishtirishmoqda. Endrik asosan to‘qqizlik futbolchi bo‘lsada, u qanot hujumchisi sifatida ham o‘ynay oladi. Unda professional sportchi uchun kerak bo‘lgan hamma jihatlar yetarli: texnika, tezlik, atletik quvvat, ikki oyoq bilan birdek o‘ynay olish qobiliyati va tezkorlik bilan qaror qabul qila olish. Yaqinda yigitcha ajoyib gol urdi, uning videosini FIFA Tvitter sahifasida e’lon qildi.

Endrik 2006 yil iyul oyida Braziliyada tug‘ilgan. U poytaxt chekkasidagi oddiy kambag‘al oilada o‘sgan. To‘rt yoshidan futbol o‘ynay boshlagan Endrikning otasi Duglas Souza o‘g‘lining gollarini Yutubga yuklab borgan va katta klublar akademiyalari skautlarining e’tiborini tortishga harakat qilgan.

Avvaliga Endrik San-Paulu bilan hamkorlik qilgan Brasilia Fut Academy jamoasida o‘ynagan. Endrik 10 yoshga to‘lganida, San-Paulu klubi unga akademiyada doimiy ravishda saqlab qolishni taklif qilgan. Duglas Souza oilasining iqtidodiy holatiga o‘g‘lining yordam berishini kutgan. Biroq, San-Paulu yigitchaga oyiga 150 real (taxminan 30 dollar) miqdorida maosh to‘lay olar edi xolos. Ota esa bundan mamnun emas edi.

Endrikning e’tiborini tortgan «Korintians» va «Santos» ham o‘z navbatida uning uy-joyi uchun pul sarflashni xohlaamagan. Ammo oxir-oqibat, oila San-Pauluga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Yosh iqtidor sohibi «Palmeyras» murabbiylarida ajoyib taassurot qoldirdi va klub Endrikning otasini o‘z akademiyasiga farrosh sifatida yollashga rozi bo‘ldi.

Endrik Braziliya tarixida ilk marta U-15, U-17 va U-20 jamoalari safida finalda gol urdi. Hozirda «Palmeyras» hujumchisi haqida butun mamlakat bo‘ylab gapirishmoqda. Endi Duglas Souza o‘zining farrosh sifatida ishlayotganini unutishi mumkin: u o‘g‘li uchun sport jihozlari ishlab chiqaradigan taniqli brend bilan shartnoma imzolagan.

2022 yilning yozidan boshlab, Endrik 16 yoshga to‘lganida, u «Palmeyras»ning asosiy jamoasida kattalar safida debyut qilish huquqiga ega bo‘ladi. Forvardning birinchi professional shartnomasi allaqachon tayyorlab qo‘yilgan. Endi Braziliyaning istalgan klubi Endrikni qo‘lga kiritishdan xursand bo‘lishi aniq. Ammo Duglas Souza «Palmeyras» rahbariyatiga o‘g‘li «yashil-oqlar» safida uzoq muddat o‘ynashini va’da qilgan va u o‘z so‘zida turishiga to‘g‘ri keladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq 18 yoshga to‘lgach, Endrikning o‘zi Yevropaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Ilgari FIFA qoidalariga ko‘ra, buning iloji yo‘q edi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Endrik uchun kurashda «Real Madrid» yetakchilik qilmoqda. Ispan klubi rahbariyati 30-40 million yevro evaziga ushbu forvard transferini rasmiylashtirishni muhokama qilgan. Madridliklar rahbari braziliyalik futbolchini Vinisius Junior kabi xavfli zarbalar bera olishiga va hatto keyinchalik Krishtianu Ronaldudek super yulduzga aylanishiga ishonmoqda. Ta’kidlash joizki, yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarning har ikkisi ham Endrikning kumirlari hisoblanadi.

«Mening o‘g‘lim Ronalduga kuchli ishqiboz bo‘lgani uchun futbolda davom etishni afzal bildi», - deydi Duglas Souza. “Bu uning uchun ajoyib timsol. Endrik menga: «Dada, men Krishtianu kabi bo‘lishni xohlayman», degan. Bo‘lajak yulduz Ronaldu haqida bir qancha maqolalarni o‘qigan va portugaliyalikning katta qiyinchiliklar to‘lqinini bosib o‘tganini ko‘rgach, u o‘z hayotini kumiriga qiyoslay boshladi va ko‘z oldida yorqin kelajakni gavdalantirdi. U har kuni mashq qilishni, jismoniy holatini borgan sari yaxshilanishni sevadi. Bir safar Endrikdan o‘zi uchun eng buyuk uch futbolchini sanashni so‘rashgan va u Ronaldu, Neymar va Messini qolganlardan ustun qo‘yib, Krishni alohida e’tirof etadi.

Fevral oyida «Palmeyras» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. FIFA Braziliya klubiga Endrikni qaydnomaga kiritishga ruxsat berdi, ammo «oq-yashillar» bosh murabbiyi Abel Ferreyra hujumchini birdaniga kattalar futboliga tashlashga shoshilmayapti. “Ushbu musobaqaga haqiqiy professional jamoalar boradi, u hali yosh bola. Agar klub buni zarur deb hisoblasa, voqelikni Endrik va uning oilasi uchun katta yangilik sifatida qabul qilish mumkin», - deydi futbolchining bosh murabbiyi.

Umuman olganda, «Palmeyras» o‘z akademiyasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar samarasini ko‘rmoqda. So‘nggi besh yil ichida San-Paulu klubi o‘z maktabiga 20 million yevro miqdorida sarmoya kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu jamoa tarkibidagi Libertadores kubogi g‘oliblari - Danilo (20 yosh), Renan (19), Patrik de Paul (22), Uesli (22), Gabriyel Menino (21) va Gabriyel Veron (19) kabi nomlar bugungi futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. Biroq Endrikning iqtidori «yashil-oqlar» akademiyasining qolgan yulduzlariga qaraganda yuqoriroq ekanligi shubhasiz.

Kiritildi: 17:44, 31.01.2022.
O'qildi: 4346 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.