Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Midori Honda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Midori Honda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Midori Honda bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassis 2023 yilning yakuniga qadar O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot o‘rnida, Midori Honda 1964 yilda Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tavallud topgan. 1981-1991 yillar davomida Yaponiya ayollar terma jamoasi safida to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida jamoasi bilan birgalikda Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Murabbiylik faoliyatini esa 2001 yilda “Okayama“ klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida Jahon Chempionatida ishtirok etgan va mundialda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Mutaxassis 2013-2019 yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021 yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klublarini boshqargan. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi (“Pro”ga teng yuritiladigan) lisenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, ayollar terma jamoamizda yana bir yaponiyalik mutaxassis — Takaya Susumi darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 09:23, 01.02.2022.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик