Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari Pekin shahriga yetib borishdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari Pekin shahriga yetib borishdi

Baho:
+ | -

Yana 3 kundan so‘ng, aniqrog‘i 4 fevral kuni Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari start oladi. Unda butun dunyodan tashrif buyuradigan 91 mamlakat vakillari orasida O‘zbekiston delegasiya ham ishtirok etadi. Bugun O‘zbekiston delegasiyasidan o‘rin Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari - Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, Tashkiliy qo‘mita bilan aloqalarga mas’ul Nozim Atakulov hamda Qo‘mitaning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, matbuot xizmatiga mas’ul Nurali Yo‘ldoshevlar Pekin shahriga yetib borishdi. Ishchi guruhi dastlabki tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Asosiysi vakillarimiz sog‘-salomat.

Bu yilgi qishki Olimpiadada tog‘ chang‘isi sportida Komiljon To‘xtayev yurtimiz sharafini himoya qilishidan xabaringiz bor. Sportchimiz 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturida o‘z chiqishini namoyish etadi. Tabiiyki, ochilish marosimida ham u bayroqdorimiz bo‘lib, “Qush uyasi” stadioniga delegasiyamizni boshlab chiqadi.

Hozirgi kunda Komiljon To‘xtayev Italiyada bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rejaga ko‘ra sportchimiz ertaga, 2 fevral kuni Milan shahridan to‘g‘ri Pekinga yo‘l olishi ko‘zda tutilgan. Uning italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi esa 9 fevral kuni Xitoyga yetib boradi. Sportchimizning Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi va delegasiyamizning musobaqadagi ishtiroki davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Rejaga ko‘ra, bugun ishchi guruhi Pekindagi Olimpiya shaharchasida qolib, sportchimiz va uning murabbiyning tashrifi uchun tayyorgarlik ko‘radi. Ertaga esa hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev musobaqada ishtirok etadigan Yansin shahriga borib joylashadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:14, 01.02.2022.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик