"Deloitte" kompaniyasi Xosep Bartomeu prezidentlik qilgan davr yakunlari bo‘yicha «Barselona»ning moliyaviy holati bo‘yicha audit o‘tkazdi.
Qarzdorlik - 1,173 milliard yevro;
Zarar - 481 million yevro;
Maosh fondi boshqa top-klublarga qaraganda 40 foizga yuqori.
Qo‘shimcha tahlilni talab qiladigan «shubhali» moliyaviy operasiyalar aniqlandi.
«Barsa» direktorlar kengashi qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun olingan ma’lumotlarni prokuraturaga topshirishga qaror qildi.