"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uyqusida ba’zida futbolchilarning ismlarini chaqirishini aytdi.
"Ba’zida o‘yindan so‘ng uxlayotganimda o‘z futbolchilarimning ismini aytib baqiraman", - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Bild". “Bir marta xotinim menga bu haqda gapirib berdi"
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Yulian Nagelsmann joriy mavsum boshlanishidan oldin “Bavariya”ni boshqaruviga tayinlangan edi. U avvalroq “Leypsig” va “Xoffenxaym” jamoalarini boshqargan.