Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Transfer oynasining so‘nggi kunida amalga oshirilgan siz kutgan va kutmagan xaridlar (top-5)

Transfer oynasining so‘nggi kunida amalga oshirilgan siz kutgan va kutmagan xaridlar (top-5)

Baho:
+ | -

Yevropaning top-ligalarida transfer oynasi yopildi. An’anaga ko‘ra, yopilishdan oldingi oxirgi kun dahshatli o‘tdi. Ba’zi klublar bir kunda bir vaqtning o‘zida bir nechta transferlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Donni van de Bekning “Manchester Yunayted”dan “Everton”ga, Denis Zakariyaning “Borussiya Gladbax”dan “Yuventus”ga, Vouter Vegorstning “Volfsburg”dan “Byornli”ga, shuningdek, “Jenoa”dan “Parma”ga o‘tgan 38 yoshli Goran Pandevaning transferini ta’kidlash joiz. Biroq, transfer oynasi yopilgan kuni yanada muhim transferlar sodir bo‘ldi. “Stadion.uz” nashri 2022 yilning qishki transfer oynasi so‘nggi kunida amalga oshgan beshta asosiy xaridlarni sizlarga taqdim etadi.

 

Deyan Kulushevski va Rodrigo Bentankur (“Yuventus”dan “Tottenxem”ga)

Transfer narxi (Kulushevski): 30 mln yevro.
Shartnoma shartlari (Kulushevski): 10 million yevroga 1,5 yillik ijara + 35 million yevroga sotib olish opsiyasi


Transfer narxi (Bentankur): 25 mln yevro
Shartnoma shartlari (Bentankur): 19 mln yevro

“Tottenxem” transfer oynasining so‘nggi kunida eng faol jamoalardan biri bo‘ldi. Kun davomida “shporlar” bir nechta kelishuvlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi: Brayan Xil “Valensiya”ga, Jovanni Lo Chelso “Vilyarreal”ga, Tangi Ndombele “Lion”ga, Dele Alli esa “Everton”ga erkin agent maqomida yo‘l oldi. Buning evaziga “shporlar” uzoq vaqtdan beri tarkibda ko‘rishni orzu qilgan futbolchilar bilan kuchayib olishdi. Kulushevski A seriyaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri hisoblanadi va “Tottenxem” shvedning shartnomasini to‘liq sotib olish yoki sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun bir yarim yil yetarli bo‘ladi. Rodrigo Bentankur ham Turin-London yo‘nalishida yo‘l oldi. “Tottenxem”da uzoq vaqt qolishi mumkin, chunki londonliklar uni to‘liq transferini amalga oshirgan. “Keksa sinyora” safida Bentankur asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lganini hisobga olsak, 19 million u chun yetarli summa hisoblanadi.

Tangi Ndombele (“Tottenxem” – “Lion”)



Transfer narxi: 38 mln yevro

Shartnoma shartlari: 1,5 million yevroga olti oylik ijara + 65 millionga sotib olish opsiyasi

“Valensiya” 25 yoshli fransiyalik yarimhimoyachini o‘z safida ko‘rishni istadi, ammo futbolchining maoshi “ko‘rshapalaklar” uchun juda katta summa bo‘lib tuyuldi. Transfer oynasining so‘nggi kunida Fransiyaning ikki klubi Tangiga da’vogarlik qildi - PSJ va “Lion”. Parijliklar peyr-pley qoidalariga amal qilgan holda, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni iloji bo‘lmadi. Bu vaziyatdan Ndombelening sobiq klubi “Lion” unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi va uni o‘z safiga qo‘shib olishga erishdi.

Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”dan “Barselona”ga)

Transfer narxi: 15 mln yevro
Shartnoma shartlari: bepul

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida “Barselona” Dembeledan qutulib, uning o‘rniga Obameyangni sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq, injiq fransuzning shartnomasini bekor qilishning iloji bo‘lmadi. Ammo, Obameyang ham qo‘ldan chiqarilmadi. “Arsenal” va “Barselona” futbolchining maoshi bo‘yicha kelisha olishmadi. Dastlab, bu ijara asosida amalga oshishi kerak edi, ammo transfer to‘liq huquqda amalga oshadigan bo‘ldi. “Arsenal”da Pyer-Emerik haftasiga 350 ming funt maosh olardi va London klubining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi edi, ammo “Barsa”da u maoshini tushurishga majbur bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, barcha tomon bu shartnomadan xursand: gabonlik o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, “Barselona” iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi, “Arsenal” esa futbolchi uchun yuqori maosh to‘lashdan xalos bo‘ldi. “Kanonirlar” Obameyangning maoshidan 30 millionga yaqin mablag‘ tejaydi. Biroq, “ko‘k-anorranglilar” xursand bo‘lishga hali erta. Sababi, Dembele va Obameyang ko‘plab muammolarga uchrab yuradigan futbolchilar hisoblanadi. “Barsa” muammoli o‘yinchidan qutulish o‘rniga muammoni ikki barobarga oshirib oldi. Ko‘ramiz, vaziyat qay tomonga o‘zgararkin?!

Aaron Remzi (“Yuventus” – “Reynjers”)

Transfer narxi: €5 mln
Shartnoma shartlari: mavsum oxirigacha ijara

Shunday qilib, Aaron Turinni o‘ziniki qila olmadi. Ikki yildan sal ko‘proq vaqt oldin Remsining bozor qiymati 40 million yevro edi, hozir esa u 8 baravar arzonlashdi! Ammo Aaron hali qariya futbolchilar qatoriga kirmaydi – u hozirda bor-yo‘g‘i 31 yoshda. Transfer oynasi tugashiga bir necha soat qolganida Remzi Shotlandiyaga yetib keldi va “Reynjers” bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bordi. Mavsum tugaguniga qadar Aaron Glazgo jamoasida o‘ynaydi va u yerda faoliyatini qayta boshlashga harakat qiladi.

 

Dele Alli (“Tottenxem” – “Everton”)

Transfer narxi: 25 mln yevro
Shartnoma shartlari: erkin agent

“Irislar”ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard klubdagi ilk kunlaridanoq kutilmagan hodisalarni qarshi oldi. Avvaliga “Everton”ni Donni van de Bek (MYU) kuchaytirdi, keyin esa Dele Alli ham tekinga jamoa safiga kelib qo‘shildi. “Nyukasl” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo bu sensasiya sodir bo‘lmadi. Dele Alli ambisiyalari kuchli “Everton”ga o‘tishga qaror qildi. Futbolchi ajoyib salohiyatga ega. 22 yoshida u 100 million yevroga baholangan, ammo 25 yoshga kelib uning bozord qiymati 25 millionga tushib ketgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:00, 02.02.2022.
O'qildi: 5809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.