Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Raqiblar». Ronaldomi yoki Marko van Basten? Qay biri kuchliroq (edi)?

«Raqiblar». Ronaldomi yoki Marko van Basten? Qay biri kuchliroq (edi)?

Baho:
+ | -

Maqola sarlavhasini o‘qishingiz bilanoq, sizda ushbu futbolchilar tarixda bir-birini takrorlamagani haqidagi fikr paydo bo‘lishi aniq. Ha, siz haqsiz! Haqiqatdan ham ushbu fenomenlar turlicha olam bo‘lgan. Biroq ularni bog‘laydigan jihatlar ham mavjud. Xususan, Ronaldo ham, van Basten ham A seriyaning sobiq yulduzlari sanaladi. O‘xshashlikni qarangki, har ikkisi o‘zining yuqori darajaga chiqqan paytlarida jarohatlar sabab, qiyinchiliklarga duch kelgan. Qolaversa, ular o‘z vaqtida «Milan» hamda «Inter»da ajoyib davrni boshdan o‘tkazgan. Shu orada savol tug‘iladi: futbolchilik tarixida ularning qay biri yaxshiroq bo‘lgan? Quyida ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.

1. Texnika va sezgirlik

Garchand gavdali, yirik, bo‘yi 188 santimetr bo‘lgan ersada, Marko van Basten to‘p bilan o‘ta nozik harakat qila olar edi. U raqibini shunday chalg‘itardiki, hatto atrofdagi tomoshabinlar ham buni ilg‘ashga qiynalgan. Golland har ikki oyog‘ida o‘ynay olar, qarshisidagi raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, uni pisand qilmasdi.
Bu borada Markoga Ronaldoni solishtirganimizda, biroz o‘zgacha fikr shakllanadi. Negaki, Ronaldo to‘p bilan muomala borasida maqtana olmagan. U o‘zining ta’bir joiz bo‘lsa, yovvoyi tezligi, zarbasi va chaqqonligi bilan ajralib turgan. Ammo umumiy oladigan bo‘lsak, bu borada Marko van Bastenni tanlaymiz. Demak, g‘olib – u!

2. Temp va dribbling

Van Bastenning to‘p bilan nafis harakatlari, uni tezkor emasligini anglatmaydi. Biroq tezlik bobida Ronaldo bilan taqqoslashning iloji ham yo‘q. Agar taqqoslanadigan bo‘lsa, Marko juda ham sekin harakat qilayotgandek tuyulib qolishi mumkin. Braziliyalik atlet haqiqatdan ham bu borada zo‘r edi. «Il Fenomeno» o‘z nomi bilan fenomen bo‘lgan. Uning yuqori tezlikka asoslangan o‘yin tempi istalgan himoyachini dog‘da qoldirar, darvozabonlarni esa karaxt ahvolga solardi. Futbolda ehtimol, endi biz Ronaldo harakatlarini takrorlay oladigan insonni boshqa uchratmasmiz. Shunday ekan, bu tomonlama Ronaldo – tanho!

3. Milandagi yutuqlar

Biz bunda ushbu juftlikning Milan shahri klublarida harakat qilgan davrlarida qancha sovrin yuta olganini solishtirib ko‘ramiz.
Marko van Basten sakkiz mavsum «rossonerilar» tarkibida harakat qilgan bo‘lsa (shundan ikki mavsumida deyarli o‘ynamagan), bu payt mobaynida bir dunyo sovrinlar jamg‘armasini qo‘lga kiritgan. Xususan, «Milan» niderlandiyalik davrida 4 karra Italiya chempioni, yana shuncha Italiya superkubogi sohibi, 3 marotaba Yevrokuboklar egasi, shuncha UYEFA Superkubogi g‘olibi hamda 2 bora qit’alararo kuboklarni egallay olgan.
Ronaldo esa bu mavzuda maqtanishga arzigulik natijalarga ega emas. Uning «Inter»da o‘tkazgan beshta mavsumi, faqatgina UYEFA kubogi bilan eslanadi, xolos. Demak, bu borada g‘olib aniq: Marko van Basten.

4. Gollar urish

Dunyo bo‘ylab ko‘plab futbol ixlosmandlari Van Basten hamda Ronaldo nomlarini ularning telbanamo gollari bilan eslaydi. Ularning har biri faoliyati davomida 250 dan ortiq golga mualliflik qilgan. Ayniqsa, ushbu juftlik eng yaxshi davrlarida A seriyani yondirgan. Xabaringiz bor, 90 yillar va 2000 yillarning boshlarida Italiya chempionatida gol urish o‘ta murakkab ishlardan sanalgan. Ha, Van Basten havoda yaxshi o‘ynar, uzoq masofalardan «pushka» zarbali gollar urardi. Ammo biz bu bobda Ronaldoni ustun qo‘yishga majburmiz. Chunki braziliyalik «yirtqich» faoliyati davomida har qanday uslubda gollar kiritgan. Siz buni uning afsonaviy karyerasini o‘rganish orqali bilib olishingiz mumkin. Yoki, yana bir oson yo‘li: «YouTuBe»ga tashrif buyuring va Ronaldoning gollarini tomosha qiling. Bu siz uchun fikrimizga isbot bo‘la oladi, gaplarimiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilasiz. Xullas, gollar urish bobida Ronaldoni g‘olib deya e’tirof etamiz.

 

 

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:36, 02.02.2022.
O'qildi: 3151 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.