Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Eng sermahsul himoyachilardan biri «Inter»ni kuchaytira oladimi?

Eng sermahsul himoyachilardan biri «Inter»ni kuchaytira oladimi?

Baho:
+ | -

Vlaxovichning rekord summadagi transferi yana bir shov-shuvli xaridni o‘z soyasida qoldirib ketgan bo‘lishi mumkin: «Inter» Robin Gosens ijarasini amalga oshirdi. Futbolchi ijaraga olindi. Biroq yozda klub futbolchini 25 million yevroga sotib olishni reja qilgan. So‘nggi ikki yil ichida Gosens A Seriyaning eng nomdor yulduzlaridan biriga aylandi. Robin «Atalanta» futboliga juda mos tushgandi, chap qanotda yayrab harakat qildi va Teo Ernandes bilan birgalikda ajoyib tandemni yaratdi.

Teo to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yetkazib, jamoaning tezkor hujumlarini tashkil qilgani holda o‘zida ajoyib statistikani shakllantirdi. Nemis ikki mavsum davomida jami 38 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi (22,16). Hech bir himoyachi uchalik ko‘p gol ura olmaganini qayd etish joiz. Yevropa chempionatidagi Portugaliyaga qarshi kechgan bahsda Robin barchani o‘z texnikasi bilan hayratda qoldirdi. U jamoasi kiritgan to‘rtta golda ham ishtirok etdi. Ha, u Gasperinining sxemalariga qamalib o‘ynay olmaydi, Gosens erkin ijodkor.

«Atalanta»ning o‘ziga xos taktik futbolida hamma o‘z darajasidan bir bosh kuchliroqdek ko‘rinadi. Aslida Gosens tezlik borasida to‘pga biroz og‘irroq munosabatda bo‘ladi. Hatto, «Atalanta»ning aksar uchrashuvlarida Konti va Spinassolalarning yo‘qligisiz bir o‘zi qiynalib qolgan holatlar ham ko‘p bo‘ldi. Robinning o‘yini ochilishi uchun unga mos rol berilishi kerak. Sobiq futbolchi Kristian Vyeri ushbu transferdan so‘ng quyidagicha fikr bildirdi: «Inter» eng yaxshi xaridni amalga oshirdi. Jamoaning 3-5-2-dagi rolida Gosens Yevropadagi eng kuchli futbolchiga aylanadi. «Inter» hali u bilan juda yaxshi natijaga erishishiga ishonaman».

Futbolchining narxi va sifatiga nisbatan Gozens yanvar oyidagi eng yaxshi transferga aylandi desak mubolag‘a qilmaymiz. Olti oy oldin «Atalanta» 40 million talab qilgan futbolchi deyarli ikki baravar kam narxga sotilishi mumkin.

«Atalanta» va «Inter» xo‘jayinlari o‘zaro yaxshi munosabatlarga ega. Milanliklar Bergamo shahrining barcha iste’dodlariga o‘z jamoasida qulayliklar yaratib berishga tayyor. Eng samarali va foydali lateralning juda tez va oson tarzda «Inter»ga yo‘l olishi OAVda ko‘plab savollarni yuzaga keltirdi. Ba’zilar javobni uning bir yarim yildan keyin tugaydigan shartnomasida ko‘rishmoqda. Boshqalar sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan shubhalanadilar. Gap shundaki, Gosens tizzasidan olgan jarohati tufayli to‘rt oyni o‘tkazib yubordi, ammo u hech qachon o‘yinida pasayish bo‘lmadi. Ko‘pchilik jurnalistlar ushbu transfer g‘alati ko‘rinayotganini, Gosensdagi vaziyat o‘tgan yilgi Papu Gomes hikoyasini eslatayotgani haqida yozishmoqda.

Bularning barchasi haqiqat bo‘lishi ham va o‘z o‘rnida shunchaki bahona bo‘lib chiqishi ham mumkin, ammo hozir bular muhim emas. Hal qiluvchi omil do‘stlikdir. Besh yil oldin Chjan oilasi Italiyaga kelganida, hamma muxlislar ham bundan xursand bo‘lmagan. «Atalanta» xo‘jayini Antonio Perkassi Suning rahbari bilan uchrashuv tashkil qildi. Mavzu tijoriy hamkorlik edi: Chjan Jindong singari Perchassi ham chakana savdoda boylik orttirgan va yangi o‘yinchi bilan hamkorlik qilish istiqbolini ko‘ra oldi.

Shunday qilib, Suning va Perchassi o‘zaro sherik bo‘lishdi. Xitoyliklar ba’zida muammoga duch kelganlarida o‘zaro aloqa uzilib qolgan, lekin futbolda emas. Ikki klubning do‘stligi savdo hamkorligiga bog‘liq emas. Buni Gosens transferi ham isbotladi.

Shuni ta’kidlash mumkinki, «Atalanta» futboli hali ham Gosensning kuchli tomonlarini isbotlab keladi. Shaxsiy bosim uning pozision imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Individual mahorati kuchliligi sabab Robin «Inter»da ochilib ketishi mumkin. To‘psiz harakatlana olish qobiliyati kuchli bo‘lgani sababli nemis boshqa himoyachilarga qaraganda golli vaziyatlarda ko‘proq ball olishi shubhasiz. U himoyada va qarshi hujumda ham xuddi hujumda bo‘lgani kabi raqibini birdek zararsizlantira oladi. Gosens to‘pni dribling bilan harakatlantirishda unchalik kuchli emas, lekin hujumdagi nozik nuqtalarni topa olish jihatidan ancha katta ustunlikka ega.

Kiritildi: 01:59, 03.02.2022.
O'qildi: 2214 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.