Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Xavi Dembeledan qanday foyda chiqarish mumkinligini rahbariyatga aytdi

Xavi Dembeledan qanday foyda chiqarish mumkinligini rahbariyatga aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» prezidenti Xoan Laporta va jamoa bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Usmon Dembele borasida kelisha olmayapti, deb xabar beradi Marca.

Manbaga ko‘ra, Laporta Dembelening jamoada boshqa o‘ynamasligini istamoqda. O‘z navbatida Xavi ham Dembelening mavsum oxirigacha klubda qolishini talab qilmagan. Biroq u yarim himoyachining yuqori mahoratini inobatga olgan holda Dembelening jamoaga foydasi tegishi mumkinligiga ishonadi.

Xavi, shuningdek, Dembele Pyer-Emerik Obameyangning jamoaga moslashishida muhim rol o‘ynashi mumkin deb hisoblaydi. Boisi ular bungacha «Borussiya D» safida birga to‘p surgan.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi va unda Dembele masalasi muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Dembele va shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Avvalroq «Barselona» futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Agar Dembele bunga rozi bo‘lsa, u erkin agentga aylanadi, kataloniyaliklar esa futbolchi yangi klub topgunicha unga maoshning bir qismini to‘lab beradi.

Fransiyalik futbolchi «Barselona» bilan shartnomani bekor qilishdan bosh tortsa, klub buni bir tomonlama amalga oshirishi mumkin. Bu holatda kataloniyaliklar Dembelega 30 iyungacha (uning shartnomasi shu sanada o‘z nihoyasiga yetadi) maoshini to‘liq to‘lashi kerak bo‘ladi.

24 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:26, 03.02.2022.
O'qildi: 5519 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.