Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Samarqand Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun da’vogarlik qiladi

Samarqand Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun da’vogarlik qiladi

Baho:
+ | -

Bugun Turizm va sport vazirligida mamlakatimizda shaxmat sportini yana-da ommalashtirish va rivojlantirish, shaxmat maktablari faoliyatini kuchaytirish va xalqaro grossmeysterlar safini oshirish hamda shaxmatni yurtimizda eng ommaviy sport turiga aylantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, mamlakat shaxmat federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov olib bordi.

Ochiq muloqotda shaxmat trenerlari, yetakchi grossmeysterlar va ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun da’vogarlar safiga kirganligi ma’lum qilindi. Raqiblar ham anoyilardan emas, shaxmat vatani sifatida e’tirof etiladigan Hindiston va dunyoga bir qator nomdor shaxmatchilarni yetishtirib bergan Vengriya davlatlaridir.

Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning ta’kidlashicha, ushbu nufuzli musobaqa ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 23:29, 03.02.2022.
O'qildi: 1092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик