Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Dani Alvesh Yevropa Ligasi pley-off bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun bu qarordan norozi ekanligini bildirdi.
Sport.es sayti tarqatgan ma’lumotga qaraganda, 38 yoshli futbolchi murabbiylarning bu qaroridan norozi ekanligini Xaviga aytgan.
Alvesh «Barselona»ga qaytganidan beri 4 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kataloniyaliklarning YEL pley-off bosqichidagi raqibi «Napoli».
Jamoalar 17 fevral kuni Ispaniyada, 24 fevralda esa Italiyada o‘ynaydi.