Ko‘plab mashhur hujum vakillari zamonaviy futbolda asosan o‘ninchi raqamli libosda harakatlanadi. Ular nafaqat klubda, balki terma jamoasida ham bir xil raqamda o‘ynagan. Masalan, Maradona va Messini olaylik. Ular ham xuddi biz aytgan kabi o‘ninchi raqamni o‘zlariniki qilib olishgan edi. Argentinaning ashaddiy raqibi Braziliya termasi tarkibida ham bunday ramzlar yetarli. Quyida e’tiboringizga o‘ningchi raqamni mashhur qilgan braziliyalik daholarni havola etamiz. Avvalo eski davrdan, Peledan boshlasak.
Edson Arantis du Nasimentu
Pelening "Santos" klubi tarkibidagi faoliyatiga nazar solsak, ko‘plab munozaralar kelib chiqadi. Chunki bu davrga har xil qarovchilar soni juda ham ko‘p. Biroq terma jamoa borasida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Chunki Pele haligacha hech kim uddalay olmagan ishni eplagan. U Braziliya bilan birga naq uch marotaba Jahon chempioni bo‘lishga erishgan. Ushbu ko‘rsatkich, boshqalarda ko‘pi bilan ikkitani tashkil etadi. Shunday ekan, Pele o‘ninchi raqamning tipik vakilidir.
Rivaldo
O‘ziga tegishli avlod orasida tug‘ma qobiliyati bilan ajralib turgan futbolchilardan biri Rivaldodir. U o‘ta nozik his etish qobiliyatiga ega chap oyoq futbolchisi edi. Pleymeyker istalgan braziliyalik orzu qiladigan dunyodagi eng katta uchta sovringa ega chiqa olgan. Jahon chempioni, Janubiy Amerika chempioni hamda YECHL g‘olibi, bizni hayratlarimizga hali-hamon sabab bo‘lib keladi. Rivaldo o‘z davrida "Milan" va "Barselona", ayniqsa, Braziliya terma jamoasi uchun o‘ta muhim figura sanalgan. Binobarin, termada o‘ninchi raqam bekorga uni emasdi.
Ronaldinyo
"Joga bonito" inson qiyofali o‘zga dunyo vakili kabi edi. Ronaldinyo har doim yuzidagi nimtabassumi bilan maydonni zabt etardi. U o‘ziga qarshi chiqqan himoyachilarni ahmoq qilar, uni kuzatayotgan muxlislarni esa o‘ziga rom aylar edi. Uni tomosha qilib, odamlar beixtiyor o‘rnidan turib ketishga majbur bo‘lgan. Ko‘zga yaqin to‘p ustasi maydondagi ruhiyatni boshqalarga singdira olgan. 2005 yilda Yer sayyorasida unga yetadigani bo‘lmagan. Shu asnoda o‘ninchi raqam Braziliya terma jamoasida Ronaldinyonikiga aylanadi.
Kaka
2007 yilgi "Oltin to‘p" sovrini egasining asl ismi Rikardo Izekson dus Santos Leytidir. Bizga Kaka nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi maydonga go‘yoki edi. Uning tezkorligi himoyachilarni sassiz va osonlik bilan aldab o‘tishga yordam bergan. O‘ta iste’dodli bo‘lishiga qaramay, Kaka ham jarohatlar qurboniga aylanib qoladi. Uning "Real Madrid"dagi faoliyati aynan jarohat sabab, o‘zidan kutilgan natijani bermadi. Biroq Kaka "Milan"da dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi. Futbol shaydosi borki, uning o‘yinini ko‘rish ishtiyoqida yurgan. Bu vaqtda Braziliya terma jamoasidagi mashhur raqam ham, tabiiyki, Kakaga beriladi.
Neymar JR
Ayni damda "PSJ" futbolchisi bo‘lgan superyulduzning "Barselona"dan ketishi, unga omad keltirmadi. Chunki Neymar kataloniyaliklar safida qudratli cho‘qqiga ko‘tarila olgan edi. Odamlar hali ham uning "Barsa"dagi o‘sha gullagan onlarini ko‘p eslashadi. Uning fintlari, tezligi va muvozanati aqlga sig‘masdi. Neymar gol qarshisida hech qachon o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va sovuqqonlik bilan harakat qilgan. 29 yoshli futbolchida ayni hislat hozir ham saqlanib qolgan. Ammo oldingidek emas. Hali hech bir futbolchi YECHL hamda Libertadorlar kubogi finalida Neymar da Silva Santos Juniordan ko‘proq gol urishga erishmagan. Neymar haqida hamma har xil fikrda. Ammo bir narsa aniq: uning Braziliya terma jamoasidagi o‘rni yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilarnikidan kam bo‘lmagan. U o‘ninchi raqamning nabvatdagi egasidir.
Fakt. Neymar YECHLda eng ko‘p gol urgan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisidir (41 ta);
Libertadorlar kubogi hamda YECHL turnirlarining har ikkalasida g‘alaba golini kirita olgan birinchi va yagona futbolchi;
Braziliya termasi tarkibida gol urish borasida ayni damning yetakchisi (70 ta gol, faqat Peleda undan ko‘proq, 77 ta);
2011 yilgi "Pushkash" sovrini egasi;
Tarixdagi eng qimmat futbolchi - 222 million yevro.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi