Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shakiri «Lion»ni tark etishi mumkin

Shakiri «Lion»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Lion» hujumchisi Jerdan Shakiri tez orada fransuz klubini tark etishi mumkin. Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi.

Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi allaqachon «Sion» bilan muzokara olib borgan. Shakirining xizmatlariga nomi oshkor etilmagan MLS klubi ham qiziqish bildirmoqda.

30 yoshli Shakiri joriy mavsumda 16 o‘yinda 1 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi. Portal Transfermarkt shveysariyalik futbolchining bozor narxini 8 million yevroga baholamoqda.

Manba:
Kiritildi: 23:50, 04.02.2022.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик