Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Saloh va Mane. Afrika kubogi finalchilari o‘rtasidagi raqobat qanday yakunlanadi?

Saloh va Mane. Afrika kubogi finalchilari o‘rtasidagi raqobat qanday yakunlanadi?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Afrika kubogi finali bo‘lib o‘tadi va unda Senegal va Misr terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Shu tariqa, «Liverpul» yulduzlari Sadio Mane va Muhammad Saloh o‘zaro to‘qnash kelib, kubok uchun kurash olib borishadi. «Stadion.uz» nashri afrikalik yulduzlar o‘rtasidagi munosabatlar tarixini eslaydi.

Muhammad Saloh va Sadio Mane so‘nggi yillardagi Afrika qit’asining eng yaxshi futbolchilari hisoblanadi. Ular «Liverpul»ga Chempionlar ligasi va uzoq kutilgan Premyer-liga g‘olibligini qo‘lga kiritishga yordam berdi. Boshqa ko‘plab top-klublar ikki futbolchiga ham qiziqish bildirishgan, ammo ular «Enfild»da qolishga qaror qilishdi.

2017 yilning yozida «Liverpul» Muhammad Salohni 42 million yevro evaziga sotib oldi. Misrlik mersisaydliklar hujumi chizig‘ini kuchaytirish uchun katta umidlar bilan takif etilgan edi. Muhammad jamoaga kelgan payt Mane va Firmino allaqachon «Liverpul» safida to‘p tepar edi. Shundan keyin «qizillar»ning dahshatli hujum triosi tashkil topdi. Saloh o‘zining birinchi mavsumini aql bovar qilmaydigan darajada o‘tkazdi va barcha musobaqalarda 44 ta gol urdi (shundan 32 tasi Premyer-ligada). Mane o‘sha mavsumda 7 ta golli uzatma bergan bo‘lsa, ulardan 6 tasini aynan misrlikga bergan.

Keyingi mavsumda Manening o‘zi ham ajoyib mavsum o‘tkazdi. Premyer-ligada Sadio Obameyang va Saloh bilan eng yaxshi to‘purar unvonini bo‘lishdi. Senegallik «Liverpul»da muhim futbolchi bo‘lsa-da, u hali ham misrlikning «soyasida» qolmoqda. Agar muhlislar Salohni «Oltin to‘p»ga da’vogar sifatida bilsa, hech qachon Maneni ushbu sovringa nomzod sifatida e’tirof etishmaydi.

Shubhasiz, yildan-yilga klubning ikki afrikalik futbolchilari orasidagi munosabatlaridagi keskinlik kuchayib bordi. Bu keskinlik 2019 yilning 31 avgustida yana bir marta o‘z tasdig‘ini topdi. O‘shanda «Liverpul» mehmonda «Byornli»ga qarshi bahs olib borayotgan, o‘yin esa 3:0 hisobida davom etayotgan edi. O‘yinda Mane 1 gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, Saloh Firminoning goliga assistentlik qilgan edi. Bahsning eng kulminasion nuqtasi 83-daqiqada yuz berdi. «Qizillar» tezkor hujum uyushtirishdi, misrlik jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qilib oldi. Uning oldida ikkita himoyachi, chap tomonda esa faqat senegallik futbolchi bor edi. Maneda gol urish uchun imkoniyat bo‘lsa-da, Saloh raqiblarini aldashga qaror qildi va to‘pni oldirib qo‘ydi. Ikki daqiqadan so‘ng senegallik almashtirildi va u Kloppga o‘sha epizodda gol urishi mumkinligini aytib, o‘z e’tirozini bildirdi. Maneni sheriklarni tinchlantirishga harakat qildi, ammo hujumchining naqadar g‘azablangani ma’lum edi.

Garchi ishonish qiyin bo‘lsa-da, ikkala futbolchi o‘yindan so‘ng hech qanday muammo yo‘qligini aytishdi. Ushbu fonda afrikaliklardan birini «Liverpul»dan ketishi mumkinligi haqida mish-mish tarqaldi. Manega «Real Madrid»ga qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchi «qizillar» safida qolib, jamoaning yetakchisiga aylanishga qaror qildi.

Afrikaliklar o‘rtasida boshqa ochiq to‘qnashuvlar bo‘lmadi. Ammo, ikki futbolchi o‘rtasidagi keskilik batamom yo‘qolib ham ketmadi. Shunday qilib, 2020 yil dekabr oyida Mane «Kristal Pelas» bilan o‘yinda almashtirilganidan norozi bo‘ldi. Ushbu o‘yinda mersisaydliklar 7:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va Mane o‘zi statistikasini yaxshilab olish uchun ajoyib imkoniyat bor edi. Biroq Klopp senegallik futbolchini 57-daqiqada zahiraga oldi va murabbiyning qarori tabiiyki futbolchiga unchalik yoqmadi. Mane o‘rniga misrlik maydonga tushdi va ikkita gol va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

2021 yilning bahorida «Liverpul» «Chelsi»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va o‘yindan so‘ng Mane alamini klub muxlislaridan olgan. Gap shundaki, senegallik penalti tepishi mumkin edi, lekin u o‘zi ishlagan jarima to‘pini tepishdan mahrum bo‘ldi. Bu esa Sadioning g‘azabini chiqarishga sabab bo‘ldi.

Ochig‘i, Saloh va Mane nafaqat jamoa g‘alabasi, balki shaxsiy yutuqlar uchun ham kurashadigan hujumchilar sirasiga kiradi. Joriy yilda ularning raqobat haqidagi hikoyasi yanada avjiga chiqdi. Nihoyat, qay biri kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin va buning uchun to‘liq 90 daqiqa, ehtimol 120 daqiqa vaqt bor. Yakshanba kuni Afrika kubogi finali bo‘lib o‘tadi va bunda futbolchilar o‘z jamoasini g‘alaba tomon yetaklaydi. Boz ustiga, katta ehtimol bilan ulardan biri turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi (agar, Misr darvozaboni Abugabal uchinchi marta penaltilar seriyasida o‘zini ko‘rsatmasa).

Eng qizig‘i shundaki, bu ikki futbolchi o‘rtasidagi kurash yakshanba kuni tugamaydi. Har ikki forvard ham bu yil 30 yoshda va Qatardagi jahon chempionati bu ikki yulduz uchun oxirgi musobaqa bo‘lishi mumkin. 2026 yilda ikkalasi ham allaqachon faoliyatining so‘nggi yillarini o‘tkazayotgan bo‘lishadi. Biroq, bu futbolchilarning faqat bittasi Qatarga ketadi. Senegal va Misr terma jamoalari mart oyida JCH saralashi doirasidagi uchrashuvni o‘tkazadi va ushbu bahs g‘olibi jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Bu Saloh va Mane o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir qilishi juda qiziq. Har holda ikkalasining ham bir yarim yildan so‘ng «Liverpul» bilan shartnomasini tugaydi. Mersisaydliklar qishki transfer oynasi vaqtida Luis Diaz bilan shartnoma imzoladi va katta ehtimol bilan ushbu futbolchi afrikalik qahramonlarimizning birining o‘rnini egallaydi . Keling, bu ikki futbolchi o‘rtasidagi kurash qanday tugaydi. Birgalikda kuzatamiz.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 06:00, 05.02.2022.
O'qildi: 4033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.