Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Murabbiylikka FootballManager orqali

Murabbiylikka FootballManager orqali

Baho:
+ | -

Shabad bolaligidan Football Manager o‘yiniga qattiq qiziqadi. U ota-onasining bir haftaga uydan safarga chiqqanini butun hayotidagi eng yaxshi davr sifatida tilga oladi. Zero, bu Shabad uchun bir necha kun o‘yin ichiga to‘la «g‘arq» bo‘lish imkoniyati edi. Eng muhimi, u shunchaki, havas uchun o‘ynagani yo‘q, balki murabbiylik san’atini ham o‘rgandi. Xususan, 11-sinfda o‘qiyotganida maktab jamoasini mustaqil bosh­qardi. Shabad shu bilan to‘xtab qolmay, keyinchalik o‘z jamoasini ham shakllantirdi.

Havaskor murabbiy shuning barobarida qalin daftar tutib, unga har bir futbolchining o‘ziga xos jihatlarini yozib bordi. Yakunda Shabad o‘sha tahlillarini «Uigan»ning sobiq menejeri Roberto Martinesga ko‘rsatdi. To‘g‘ri, ispaniyalik mutaxassis yigitni darhol o‘z shtabiga kiritgani yo‘q. U shunda murabbiyga «Uigan»ning APLdagi barcha raqiblari haqida to‘plagan ma’lumot-hisobotini topshirdi. Shuningdek, o‘sha vaqt Xosep Gvardiola boshqargan «Barselona»ni qanday yengish mumkinligi haqida turli ko‘rsatmalar jadvalini tuzdi. Roberto Martines shundan ke­yingina yigitning salohiyatiga tan berib, uni o‘z shtabiga qo‘shib oldi. Natijada Shabab keyingi 2 yil davomida Robertoni alohida tahliliy hisobotlar bilan ta’minlab keldi.

Asosiy fakt: Shabad o‘shandan buyon Roberto Martinesning doimiy hamrohi. Ya’ni ispaniyalik murabbiy qaysi jamoada ishlamasin, FM ixlosmandini o‘z yoniga chorlaydi. Xullas, Shabad avvaliga «Everton» klubi, keyin Belgiya milliy jamoasida Marnites bilan yonma-yon ishladi. Yaqinda esa mustaqil ravishda murabbiylik faoliyatini boshladi. Aniqroq aytsak, o‘tgan yilning noyabr oyida Shotlandiya klubi boshqaruvini qo‘lga oldi va endi yarimprofessional maqomidagi jamoani shug‘ullantirmoqda.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 05.02.2022.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.