Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

“Metallurg” birinchi nazorat uchrashuvida Ukraina jamoasini yutdi

“Metallurg” birinchi nazorat uchrashuvida Ukraina jamoasini yutdi

Baho:
+ | -

Bugun Turkiyaning Belek shahrida Bekobodning “Metallurg” jamoasi xorijdagi ilk nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Metallist” (Xarkov) jamoasiga qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi taymda kiritildi.

Dastavval Shohnazar Norbekov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, taym o‘rtalarida ukrainaliklar hisobni tenglashtirishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida esa Farhod Bekmurodov jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

O‘z navbatida “Metallurg” posboni Aleksandr Lobanov birinchi taymda “Metallist” o‘yinchisining 11 metrlik belgidan jarima zarbasini qaytarganligini ham aytib o‘tish lozim.

“Metallurg” keyingi uchrashuvni 9 fevral sanasida “Zarya” (Lugansk) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
5.02.2022 yil

“Metallist” (Ukraina) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:2

Gol: Shohnazar Norbekov (17), Aleksandr Svirenko (27), Farhod Bekmurodov (45)
Amalga oshirilmagan penalti: Artur Murza (21)

«Metallist»: Daniil Kanevsev, Kaydalov, Andrey Ralyuchenko, Aleks Chidomere, Vernattus, Vyacheslav Tankovskiy, Svirenko, Kasares, Ruslan Fomin, Artur Murza, Yegor Krasnikov.
Bosh murabbiy: Oleksandr Kucher.

“Metallurg”(1-taym): Aleksandr Lobanov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Hakimxon Alamxonov, Farrux Ibrohimov, Ergash Ismoilov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboyev, Shohnazar Norbekov, Zabixillo O‘rinboyev.
Bosh murabbiy: Luisma Ernandes.

“Metallurg”(2-taym): Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Abbos Otaxonov, Odilbek Abdumajidov, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Muhammad Isayev, Fozil Musayev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov, Zohid Abdullayev.

Kiritildi: 18:58, 05.02.2022.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.