"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Diyego Simeone boshqaruvidagi "Atletiko" klubi o‘yin uslubi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" ertaga madridliklar bilan to‘qnash kelishadi.
"Simeonening "Atletiko"si "Barselona" uchun o‘rnak bo‘la olmaydi. Bizning muxlislar "Atletiko"ning o‘yin uslubini qabul qilishmagan bo‘lardi. U bizga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo bu ularning o‘yini raqobatbardosh emas, degan ma’noni bermaydi. Ammo biz 11 kishi bo‘lib himoya qo‘rg‘onini o‘rnatsak, buni odamlar tushunmagan bo‘lardi.
Turli uslubda o‘ynash mumkin. "Atletiko" shunday uslubda La ligada 2 marta g‘olib chiqqan bo‘lsa, Chempionlar ligasida deyarli g‘alaba qozondi. Ammo bu "Barselona"ga mos kelmaydigan uslub. Ammo men Simeoneni hurmat qilaman. U o‘z jamoasini juda zo‘r ruhlantiradi. U ajoyib murabbiy. Bu tanqid emas", – dedi Xavi.