Fransiyaning Le Parisien nashri "PSJ" futbolchisi Lionel Messiga Fransiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Lill"ga (5:1) qarshi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Hujumchi Lionel Messi, himoyachi Presnel Kimpembe va yarim himoyachi Danilo Pereyra bilan birga jamoadagi eng yaxshi natija – 10 balldan 8 ballga loyiq ko‘rildi.
Yarim himoyachilar Marko Verratti, Nuno Mendes, himoyachi Markinyos va darvozabon Janluiji Donnarumma 7 ochkoga loyiq ko‘rildi.
Liga 1ning 23-turidan so‘ng “PSJ” 56 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.