Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

«Ular meni reklama qilib, qimmatroqqa sotmoqchi bo‘lishdi» yoxud «Spartak» va Jafar Irismetov o‘rtasidagi sirli kelishuv

«Ular meni reklama qilib, qimmatroqqa sotmoqchi bo‘lishdi» yoxud «Spartak» va Jafar Irismetov o‘rtasidagi sirli kelishuv

Baho:
+ | -

Jafar Irismetov 2001 yilda «Spartak»ga katta umidlar bilan olib kelingandi. Lekin u Moskva klubidan boshqa hamma jamoada gol urdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Jasur Jaloliddinov va Moskvaning  «Lokomotiv» klubi o‘rtasidagi shartnoma esingizdami? Yuriy Belous o‘zbekistonlik futbolchini Joau Mariodan kuchliroq ekanini aytib, uni «temiryo‘lchilar» safiga olib keldi. Bunday ta’riflarga qanday ishonmaslik mumkin?! «Loko» ham Yuriyning gaplariga ishondi va vinger bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Ammo, barchasi kutilgandek yakun topmadi. Olti oydan keyin moskvaliklar Jasur bilan muddatidan oldin shartnomani bekor qildi. Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak yulduzi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida o‘ynamoqda. Ayni paytda Jaloliddinovda mahalliy chempionatda o‘zini ko‘rsatish va bu orqali Yevropa jamoalariga o‘tish uchun yaxshi imkoniyat bor.

O‘zbek futbolchisi bilan bunday nayranglar avval ham bo‘lgan. Aniqrog‘i, 2001 yilning yanvar oyida «Spartak» o‘z mamlakat chempionatida yaxshi mavsum o‘tkazgan hujumchi Jafar Irismetovni Toshkentning «Do‘stlik» klubidan sotib oldi. 25 yoshgacha O‘zbekiston chempionatida yuzdan ortiq gol urgan futbolchini istalgan klub ham o‘z safiga qo‘shib olishni istashi tayin. O‘sha paytda moskvaliklar safida Luis Robson va Aleksandr Shirko kabi qariya futbolchilar o‘ynardi va bu xarid tom ma’noda ajoyib transfer deya e’tirof etilgan. Ayniqsa, Chempionlar ligasining guruh bosqichi bahslarida bu darajadagi futbolchini sotib olish «spartakchilar» uchun muhim edi. Ammo...

Ammo, bu transfer o‘zini oqlamadi. Jafar o‘yin uslubi jihatidan ham, ruhiy jihatdan ham «Spartak»ga mos kelmadi.

Forvard O‘zbekistonda dahshatli mavsum o‘tkazgan. U 2000 yilgi O‘zbekiston Oliy ligasida 37 o‘yinda 45 ta gol urishga erishdi. Tabiiyki, bu haqdagi ma’lumotlar Rossiyaga ham yetib bordi. «Spartak»ning ikkinchi murabbiyi Vyacheslav Grozniy «Do‘stlik» rahbariyatiga  yigitni Rossiya chempionatiga olib ketishni taklif qildi. Irismetovga Rossiya klublari orasida boshqa variantlar ham bor edi, ammo futbolchi  afsonaviy klub taklifini rad eta olmadi...

Jafar mashg‘ulotlar uchun jamoa bilan Isroilga uchib ketdi. Hammasi odatdagidek: mashg‘ulot, o‘rtoqlik uchrashuvlari. Lekin Jafar birinchi o‘yindayoq to‘rtta gol urishga erishdi. Bu tabiiyki, bosh murabbiyda katta taassurot qoldirdi.

 

«Mashg‘ulotdan so‘ng klub bosh murabbiy Oleg Romansevning o‘zi menga qo‘ng‘iroq qilib, «Siz kimsiz?», - deya so‘radi.  «Irismetov, O‘zbekistondan», – dedim. Keyin esa «O‘zingiz yaxshisiz», deya qo‘shimcha qildim. U meni tanigan bo‘lsa kerak. Ehtimol, men bilan shunday tanishishga qaror qilgandir», - deydi Jafar «Shampionat.com» saytiga bergan intervyusida.

«Spartak» bilan shartnomasi bo‘lmagan futbolchi keyinchalik ham moskvalikar safida bir qancha gol urdi. Qizig‘i shundaki, Kiyevning «Dinamo» jamoasi ushbu vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qildi va «Spartak» futbolchiga taklif qilgan shartnomadan kattaroq summa taklif qildi. Ammo «Do‘stlik» rahbariyati futbolchini Moskva klubiga sotishga qaror qildi. Nihoyat, «Spartak» futbolchi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi va Oleg Romansev matbuot anjumanida shunday dedi: «Uning ikkita yo‘li bor. O‘zbekistonda chempionatining 1-raqamli hujumchisi bo‘lish, yoki Chempionlar ligasida ikkinchi, uchinchi, beshinchi, o‘ninchi raqamlisi bo‘lish. Men unga shunday savol berdim - yo o‘z vataningda yiliga 45 ta gol urasan, yoki «Spartak»da 10-15 ta. Qaysi birini tanlaysan? U ikkinchisini tanladi», - deya tushuntirdi murabbiy.

 

Chempionlar ligasida bildirilgan ishonch va rahbariyatning asl maqsadi

Moskva, Chempionlar ligasi, Sokolnikidagi ijaraga olingan kvartira - ajoyib debyut uchun yana nima kerak? Irismetov bu savolga hali ham javob topa olmayapti. Hujumchi Romansevni shunchalik hayratda qoldirgan ediki, Irismetov birinchi rasmiy o‘yinda - «Bavariya» bilan kechgan bahsda maydonga tushdi. To‘g‘ri, Jafar yomon o‘ynamagan edi, ammo «Spartak» mag‘lub bo‘ldi - 0:1. Oradan bir hafta o‘tib - nemislar bilan ikkinchi o‘yinda o‘zbekistonlik yana asosiy tarkibda tushdi. Bu safar vaziyat yanada yomonlashdi. O‘zbekistonlik futbolchi o‘yin davomida bitta yuz foizlik imkoniyatga ega bo‘ldi, lekin vaziyatdan foydalana olmadi. «Spartak» ikkinchi bahsda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Keyingi raqib Londonning «Arsenal» jamoasi bilan o‘yin. Romansev o‘jarlik bilan Irismetovni yana asosiy tarkibda tushirdi, ammo navbatdagi mag‘lubiyat va golsiz seriya. Londonliklar «Spartak» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Futbolchi keyinchalik kiyim almashtirish xonasidan shunday suhbat bo‘lganligini aytdi: «Romansev tanaffus paytida futbolchilarga: «Nega unga pas bermayapsizlar, nega uni ajratyapsizlar?» deb baqirdi. Men gap nima haqida ekanligini tushunmadim, lekin vaqt o‘tishi bilan angladimki: raqobat. Chunki, men bu yerda begona edim. O‘zbekistondan kelganman va hech kimni tanimasdim».

Irismetov Chempionlar ligasining so‘nggi turi doirasidagi «Lion»ga qarshi o‘ynaganidan keyin Rossiya chempionatida 8 ta bahsda maydonga tushdi.  Yozga kelib, u zahira futbolchisi sifatida ham tushishni to‘xtatdi. 12 o‘yinda 0 gol.

Jafar bilan shartnoma imzolanganida, o‘zbekistonlik hujumchidan bunday natijani kutishmagan edi. Murabbiylar shtabi matbuotga Irismetovda psixologik muammolar borligi, shuning uchun u Rossiyada gol ura olmayapti deya aytishdi. O‘ziga yana bir imkon berishini so‘rab Romansev oldiga kelgan Irismetov doimiy ravishda texnik direktor Aleksandr Shikunov bilan uchrashishga majbur bo‘lardi. Sababi, bosh murabbiy Jafar bilan gaplashishni istamas edi.  

 

Jafar Irismetov

Shikunov meni Chempionlar ligasi uchun sotib olishganini aytishdi. Ular mening o‘yinimni Yevropada reklama qilishni va qimmatroq sotishni xohlashdi. Rossiya chempionatida ular meni rejaga kiritmagan edi, chunki men «Spartak» tarbiyalanuvchisi emasman. Menga ikkinchi imkoniyat berilmadi.

Yozda «Spartak» hujumchini transferga qo‘ydi. Avvaliga u Belarus chempionatida ijarada o‘ynadi, keyin esa «Anji»da to‘p tepdi.

10 yildan so‘ng Irismetov milliy chempionatlarda to‘purarlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. 2012 yil boshigacha u 428 uchrashuvda 239 ta gol urishga erishgan. Eng ko‘p Qozog‘iston va O‘zbekiston chempionatida o‘z nomini tabloga yozib qo‘yishni uddalagan. 2013 yilda Jafar futbolchilik karyerasini yakunladi va hozirda «Paxtakor» sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 19:02, 07.02.2022.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.