Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futzal. Yettinchi tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi

Futzal. Yettinchi tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi

Baho:
+ | -

Toshkentda start olgan 7-tur o‘yinlari Olmaliq shahrida nihoyasiga yetdi. Bugungi uchrashuvlarda ikkita o‘yin natijasi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. “Huaxin-Jizzax”ning amaldagi chempion “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozonishiga uncha-bunchasi shubha bildirmagani rost, lekin hisobning bu qadar yiriklashib ketishini kim ham o‘ylabdi deysiz. Ikki kundirki o‘zidan yuqorida turgan “Metallurg” va “Maksam-CHirchiq”ni sezilarli hisoblarda yenga olgan “Nasaf”ning oxirgi kuni “Navbahor”dan mag‘lubiyatga uchrashini ham ko‘pchilik kutmagandi. AGMKning ham chirchiqliklar darvozasiga to‘qqizta gol urishini bashorat qilganlar kamchilik bo‘lsa kerak. Umuman, bu turda oltita jamoa yuz foizli natija ko‘rsatdi. Kuchli uchlikda borayotgan “Huaxin-Jizzax”, AGMK va “Lokomotiv” jamoalari uchtadan uchrashuvning barida g‘alaba qozona olgan bo‘lsa, “Stroitel-Zarafshon”, “Metallurg” va “Maksam-CHirchiq” barcha o‘yinlarni boy berib, yuz foizli antinatija qayd etdi. Jizzaxliklar 51 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. Olmaliqliklar hisobida 50, “temiryo‘lchilar”da esa 45 ochko bor. “Stroitel-Zarafshon” 7 ochko bilan turnir jadvalining quyidan birinchi pog‘onani egallagan. Undan bir pog‘ona yuqorida 14 ochko bilan “Dinamo” jamoasi bormoqda.

 

Futzal.  Oliy liga. 7-tur.

Beshinchi  kun. 7 fevral, dushanba

 

Olmaliq. OTMK sport majmuasi.

 

NASAF – NAVBAHOR – 3:5 (2:2). 38 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Muhiddinov, Bekzod To‘lqinov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Oybek Polvonov (11), Jasur Xalimov (17, 35) – G‘ulom Mamajonov (1), Hakimjon Abdurashidov (15, 35), Ilhom Yusupjonov (26-pen., 30)

Ogohlantirish: Jasur Rizbonov (30) – yo‘q.

 

HUAXIN-JIZZAX – PAXTAKOR – 8:2 (4:0). 72 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Husniddin Bahodirov, Bekzod To‘lqinov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Ixtiyor Ropiyev (2), Husniddin Nishonov (2, 30), Anasxon Rahmatov (4), Abbos Elmurodov (8, 38), Davron Choriyev (22), Farhod Abdumavlonov (34) – Muhammad Zoirov (26, 36)

Ogohlantirishlar: Davron Choriyev (19) – Konstantin Sviridov (4), Sevastyan Mojayev (24).  

LOKOMOTIV – METALLURG – 6:4 (3:1). 78 tomoshabin.

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Furqat Azizov, Aziz Karimov

Nazoratchi:  Faxriddin Murodov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Jamoliddin Normirzayev (16, 25), Sarvar Shoahmedov (19), Mashrab Adilov (20, 36), Dilmurod Shavkatov (32) – Akmaljon Ma’rifaliyev (16), Farhod Qodirov (23, 40), Ulug‘bek Xudoyorov (34)

Ogohlantirish: Mashrab Adilov (38) – yo‘q.

MAKSAM-CHIRCHIQ – AGMK – 1:9 (1:5). 55 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Aziz Karimov, Furqat Azizov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Javlon Anorov (16) – Artur Yunusov (2, 8), Sunnatulla Jo‘rayev (5), Abdulla Solixov (8, 31), Po‘lat Olimov (20), Muzaffar Ahadjonov (25), Avazbek Abduvaliyev (28, 40)

Ogohlantirish: Javlon Anorov (28) – yo‘q.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:47, 07.02.2022.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.