Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Paxtakor" "Minay" jamoasini qanday qilib mag‘lub etdi? (Videosharh)

"Paxtakor" "Minay" jamoasini qanday qilib mag‘lub etdi? (Videosharh)

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Turkiyadagi yig‘inda birinchi nazorat bellashuvida Ukrainaning "Minay" klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin davomida to‘pni nazorat qilish borasida yaqqol ustunlik jamoamiz tarafida bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Temirov, Cheran va Rashidovning darvozaga aniq yo‘llagan zarbalaridan keyin raqib posboni jamoasini gollardan qutqarib qoldi. "Minay"dan esa Gosinning boshi bilan yo‘llagan zarbasi xavfli va noaniq chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim mobaynida tarkib deyarli almashtirildi. Sherzod A’zamov o‘yinni to‘liq o‘tkazgan yagona futbolchi bo‘ldi. 75-daqiqada bellashuvdagi yagona gol urildi. Sharkichning zarbasidan so‘ng himoyachining qo‘liga to‘p tekkani uchun belgilangan penaltidan Oliverning o‘zi unumli foydalandi. Ushbu gol bahsda yagona holda saqlanib qoldi.

Navbatdagi nazorat o‘yinida "Paxtakor" 10 fevral kuni Rossiyaning "Ufa" klubiga qarshi maydonga tushadi.

"Paxtakor" - "Minay" - 1:0 (0:0)

"Paxtakor": Suyunov (Quvvatov, 46), Sayfiyev (Ergashboyev, 86), Yoqubov (Azmiddinov, 72), A’zamov, Roziyev (Alijonov, 46), Hamrobekov (Xolmatov, 68), Sobirxo‘jayev (Aliboyev, 46), Rashidov (Fayzullayev, 72), Erkinov (Turg‘unboyev, 46), Cheran (Mirahmadov, 72), Temirov (Sharkich, 46).

Gol: Sharkich, 75-pen - 1:0.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:22, 08.02.2022.
O'qildi: 2704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик