Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Reyting: Eldor Shomurodov- mutlaq yetakchi

Reyting: Eldor Shomurodov- mutlaq yetakchi

Baho:
+ | -1

Transfermarkt portali talqini bo‘yicha O‘zbekiston futbolining eng qimmatbaho legionerlari. Tabiiyki, xorijda to‘p surayotgan vakillarimiz orasida Yevropaning kuchli 5ta ligasidagi yagona vakilimiz - Eldor Shomurodov mutlaq yetakchi. Germaniya portali 2021 yil yakuni bo‘yicha «Roma» hujumchisi transferini 12 million yevroga baholadi. Hozirda uning ta’qibchilari ancha orqada...

1. 12 million yevro - bu 26 yoshli Eldor Shomurodov uchun cho‘qqi ham, chegara ham emas. Har holda, «Roma» vakilida o‘z bahosini oshirish imkoniyati yetarli.

2. Anchadan buyon BAAda rizq terayotgan Otabek Shukurov bir qarashda, «Al-SHarja»da ko‘proq ushlanib qoldi. Qaniydi, 25 yoshli yarim himoyachi ham yevrofutbolga yuzlansa. Aks holda, uning transfer bahosi 3,5 million yevrodan oshishi qiyin-ov...

3. Ishonamizki, Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni va «Al-Nasr»dagi faoliyat bilan cheklanib qolmaydi. Yana 3 million yevroga teng baho bilan ham.  4. 23 yoshli Aziz G‘aniyev («Shabab Al-Ahli») har tomonlama o‘sish imkoniyatiga ega. Faqat endi jarohatlarni chetlab o‘tsa, bas. Uning narxi hozircha 2 million yevro.    

5. Igor Sergeev (1,7 million yevro) o‘tgan mavsum o‘zini bir muncha o‘nglab oldi. Endi «Tobol»da barqaror gol urishda davom etsa, bas.

6. Jafokash Oston O‘runovga nimadir yetishmayotgani aniq. Ajabmas, «Ufa» vakili yangi mavsumda aslida ko‘p narsaga qodirligini namoyish etib, 1 million yevro marrasidan oshsa.

Kuchli 10talikka kirgan qolgan futbolchilarimiz transfer bahosi 1 million yevrodan kam. Ular orasida «Paxtakor»ga qaytib, yana arab futboliga ketgan Doston Hamdamov va yaqinda «sherlar» bilan shartnoma tuzgan Sardor Rashidov ham bor. Chunonchi, bu reyting 2021 yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan.

***
Atgancha,
Eldorsiz samara yo‘q ekan...Joze Mourinyo Italiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan «Roma» - «Jenoa» uchrashuvida hamyurtimiz Eldor Shomurodovga imkoniyat bergani yo‘q. Vaholanki, o‘yin davomida «bo‘rilar»ning hujumda ishlari sira yurishmadi. To‘g‘ri, oxirida Nikolo Zanyola gol urdi, ammo u hisobga olinmadi. «Roma»ning ma’lum vaqt son jihatidan ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaganini ham aytish kerak. Xullas, yakun o‘xshamadi - 0:0. Darvoqe, Eldor Shomurodov «Roma»ning yanvar oyidagi eng chiroyli goli muallifi sifatida tan olindi. «Roma» matbuot xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda eng ko‘p ovoz hamyurtimizning «Lechche» darvozasiga urgan goliga berildi. So‘rovda muxlislar hukmiga Lorenso Pellegrini («Yuventus» darvozasiga), Temmi Abraxam («Lechche» darvozasiga) va Nikolo Zanyolo («Empoli» darvozasiga) gollari ham havola qilingandi.

E’tiborlisi, «Kyevo» va «Piza» klublari sobiq hujumchisi Davide Moskardelli «Roma» hujum chizig‘iga to‘xtalib, Eldorda sifat borligini alohida ta’kidladi: «Ha, Shomurodov yaxshi boshlamadi, u katta maqsad sari intilishi kerak. Hozircha o‘zini to‘liq ko‘rsatolmayapti. Rim - nisbatan murakkab va o‘zgacha joy. Muhimi, Eldorda sifat bor, buni o‘tgan mavsum «Jenoa»da namoyish etdi. Ba’zida qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun katta o‘yindagi ijobiy harakat yoki gol zarur».Eslatma, avvalgi yoz «Jenoa»dan «Roma»ga 17,5 mln. yevro evaziga o‘tgan Eldor joriy mavsum jami 26ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:26, 08.02.2022.
O'qildi: 15881 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.