Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Superligaga 11 fevral kuni qur’a tashlanadi

Superligaga 11 fevral kuni qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq qur’a 10 fevral kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi. Ammo ma’lum sabablar tufayli O‘zPFL jarayonni 1 kunga kechiktirdi.

Bungacha qur’a jarayoniga barcha klub vakillari taklif etib kelinayotgandi. Ammo hozirda Superliganing qator klublari xorij yig‘inida bo‘lib turibdi. yanvar oyida futbolchilari asosan terma jamoalar bilan birga bo‘ldi. Mavsumga oz qolayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL klublarning tayyorgarlik jarayoniga bevosita ta’sir o‘tkazishni istamadi.

Shuningdek, joriy mavsumdan boshlab futbol klublarining o‘z yillik smetasini O‘FA bilan kelishishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Unga qadar esa klublar o‘z futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Buning natijasida futbol klublari o‘tgan yilning 6 dekabr sanasidan boshlab ochiq turgan transfer oynasi davomida roppa-rosa ikki oy yo‘qotishlariga to‘g‘ri keldi. Oldindagi 18 kun davomida ular barcha masalaga ulgurishlari talab etiladi.

Shularni inobatga olib, Superliga qur’a marosimi “Sport” telekanali studiyasi orqali jonli efirga olib chiqiladi. Qur’a haqqoniy o‘tayotganini nazorat qilish uchun unga klublarning Toshkentda bo‘lib turgan bir qator vakillari ham taklif etiladi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Sport” Xitoyda davom etayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarini namoyish qilyapti. Yuqoridagi holatlar sabab telekanal va O‘zPFL kelishib, qur’a marosimini 1 kun keyin 21:30 da efirga olib chiqishga qaror qildi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:41, 08.02.2022.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик