Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Boshqa klubga ko‘chib o‘tish rejamda yo‘q edi, biroq hammasi o‘zgarib ketdi» — Jasurbek Jaloliddinov bilan suhbat

«Boshqa klubga ko‘chib o‘tish rejamda yo‘q edi, biroq hammasi o‘zgarib ketdi» — Jasurbek Jaloliddinov bilan suhbat

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov Qozog‘istonning «Qayrat» klubi bilan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi media bo‘limi iste’dodli futbolchimiz bilan bog‘lanib, yangi jamoaga o‘tish haqidagi qarori, «Qayrat» bilan birgalikda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va U-23 Osiyo kubogi borasidagi savollarga javob oldi.

— Jasur, avvalo «Qayrat» klubi a’zosiga aylanganingiz bilan tabriklaymiz. Barchasi qanday yuz berdi, Sizda variantlar bo‘ldimi va aynan nima sababdan «Qayrat»da to‘xtaldingiz?
— Rossiyadan qaytganimdan so‘ng, o‘tgan bir yil davomida hech qanday variantlarni qabul qilmadim, ularni ko‘rib chiqmadim ham. Bir necha kun avval «Qayrat»dan taklif bo‘lganini eshitdim, lekin ko‘chib o‘tish borasida o‘ylab ko‘rmagandim. O‘zbekistonda o‘ynashda davom etaman, degan niyatim bor edi. Biroq Qurbon Berdiyevning qo‘ng‘irog‘idan keyin hammasi o‘zgarib ketdi, u meni jamoasi safida o‘ynashga ko‘ndira oldi.

— Bu qarorga kelishingizda yana kimlar bilan maslahatlashdingiz?
— Aslini olganda, aytganimdek, boshqa klubga ko‘chib o‘tish rejamda yo‘q edi. Chunki, terma jamoada bu yil bizni ikkita nufuzli musobaqa kutib turibdi. Ushbu musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tavakkalchilikka qo‘l urmay turgandim. Murabbiyim Temur aka Kapadze bilan maslahatlashdim, u tanlov o‘zimda ekanligini, yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerakligini aytdi. Oxir-oqibat «Qayrat»ga ko‘chib o‘tishga qaror qildim.

— Qozog‘istondagi faoliyatingizdan nimalarni kutyapsiz?
— Ushbu chempionatda, o‘ylaymanki, o‘sishga erisha olaman. «Qayrat»dagi o‘yinlarim orqali Osiyo kubogiga yaxshi formada kelaman, degan umiddaman.

— Shaxsiy va jamoaviy maqsadlaringiz qanday?
Hozircha shaxsiy maqsadlar haqida o‘ylamayapman. Jamoaviy maqsadlarga kelsak, avvalo, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo kubogini qo‘lga kiritish va «Qayrat» safida ko‘proq titullarga ega chiqqan holda tarixga kirishni maqsad qilganman.

— Jamoa bosh murabbiy Qurbon Berdiyev siz bilan suhbatda nimalar dedi?
— Aytganimdek, aynan uning qo‘ng‘irog‘idan keyin qarorlarim o‘zgarib ketdi. Meni o‘zining jamoasida ko‘rishni xohlayotgani va menga ishonch bildirishini aytdi. Shu sababli, «Qayrat»ga ko‘chib o‘tishga qaror qildim. Shartnomaga keladigan bo‘lsak, sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijara asosida Qozog‘iston klubida to‘p suraman.

— U-23 Osiyo kubogidan nimalarni kutyapsiz, jamoamiz qanday natija ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?
— Ushbu turnir O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun ham juda muhim hisoblanadi. Barcha jamoadoshlarim bilan musobaqada g‘alaba qozongan holda, kubok va medallar bilan rahmatli do‘stimiz Diyorbek Rahimqulovning uyiga borishni maqsad qilganmiz. Chunki u jamoamizning bir bo‘lagi edi, uning o‘rni haligacha seziladi. Alloh joylarini Jannatdan qilsin.

— Jasur, tig‘iz taqvimda ham vaqt ajratganingiz uchun rahmat. Yangi jamoangiz safida sizga omad tilaymiz.
— Rahmat.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:08, 08.02.2022.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.