“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni Italiya kubogi chorak finalida “Roma”ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat oldi.
Taxminlarga ko‘ra, futbolchining to‘piq qismida muammolar mavjud.
Uning o‘rniga 45-daqiqada Stefan de Vrey maydonga tushdi.
Jarohatning qay darajada jiddiyligi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniq bo‘ladi.
22 yoshli himoyachi joriy mavsum "Inter" safida barcha turnirlarda 28 o‘yinda maydonga tushgan.