Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

AFA Runidan Terriga ataylab jarohat yetkazgani uchun tushuntirish talab qildi

AFA Runidan Terriga ataylab jarohat yetkazgani uchun tushuntirish talab qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi afsonasi Ueyn Runi "Chelsi" sobiq himoyachisi Jon Terriga nisbatan ataylab jarohat yetkazgani oshkor bo‘lganidan so‘ng, Angliya Futbol Assosiasiyasi Runidan tushuntirish talab qildi.

Kuni kecha Runining Daily Mail nashriga bergan intervyusida 2006 yilning aprel oyida APLning bo‘lajak chempioniga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin hasad uyg‘ongani haqida gapirib bergandi.

"O‘sha o‘yin uchun atayin uzun temir tishli butsalarimni kiyishga qaror qilgandim, chunki, kimgadir atayin jarohat yetkazishga harakat qilgandim.

O‘yindan oldin ularning g‘alaba qozonishlarini bilardim. Chunki, ularning tarkibi kuchli edi va "Chelsi" bizdan kuchli ekanligini his qilgandim, shu sababli, butsalarimning tishlarini almashtirgandim.

Jon Terri stadionni hassada tark etgandi. Men uning oyoqlariga jiddiy jarohat yetkazgandim va butsamning tishlari unda qolib ketgandi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, o‘z libosimga imzo chekib, unga yuborgandim va butsalarimni tishlarini qaytarib berishini so‘ragandim.

Agar siz ularning chempionlik bayramini tantana qilganini tomosha qilgan bo‘lsangiz, u holda Jon Terrini hassada yurganini ko‘rasiz", — dedi Runi.

Sky Sports nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Angliya Futbol Assosiasiyasi "Derbi"ning hozirgi murabbiyi Ueyn Runidan ushbu voqea uchun tushuntirish talab qildi.


Kiritildi: 10:19, 09.02.2022.
O'qildi: 2980 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.