Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

O‘FA ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

O‘FA ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘FA tomonidan o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan hududlar va u yerdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, ularni OFK standartiga moslashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Xususan, kecha O‘FA ishchi guruh Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar uchun viloyatdagi mavjud sharoitlar va mehmonxonalar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mashg‘ulot maydonlari — “Geolog”, “Sputnik”, va “Nasaf” akademiyasining stadioni hamda rasmiy uchrashuvlar o‘tkaziladigan Qarshi shahridagi ”Markaziy” stadioni va zaxira maydonlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.

Kiritildi: 15:04, 09.02.2022.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик