Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Nazorat o‘yini. «Metallurg» Ukraina klubiga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Nazorat o‘yini. «Metallurg» Ukraina klubiga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan «Metallurg» klubi bugun Ukraina premyer-ligasida 4-o‘rinda borayotgan "Zarya"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Bekobodliklar bahsning 2-daqiqasidayoq penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Damir Temirov esa undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Shundan so‘ng to‘p nazorati ukrainlar tomonidan bo‘lsa, "Metallurg" qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘ldi. "Zarya" bir nechta imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsa, bahs so‘ngida (83-daqiqa) vakillarimiz raqibni yana bir marta jazolashdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga chiqishda "Zarya" posboni xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallagan Ergash Ismoilov deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan luganskliklar nafaqat hisobni qisqartirishdi, balki 2ta gol urib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Zarya" g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Raqib hujumchisi himoyachimizdan qochib ketib, darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Zarbani esa Lobanov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Metallurg" "Zarya"ga qarshi uchrashuvda jangovor durang natija qayd etdi.

“Zarya” (Ukraina) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 2:2
Gollar: Aleferenko (87), Xlan (90) — Damir Temirov (2-penaltidan), Ergash Ismoilov (83)
"Zarya": Anton Jilkin, Daniil Alefirenko, Axmed Alibekov, Nazar Bayruk, Valeriy Dubko, Gilyerme, Maksim Xlan, Yuriy Tlumak, Danil Skorko, Maksim Smiyan, Igor Snurnisin.
Bosh murabbiy: Viktor Skripnik.
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Xudoyshukur Sattorov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Fozil Musayev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboyev, Zabixillo O‘rinboyev.
Bosh murabbiy: Luisma Ernandes.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:19, 09.02.2022.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик