Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

JCH-2022 saralash. KONKAKAF mintaqasida maydon tashqarisidagi «o‘yinlar»

JCH-2022 saralash. KONKAKAF mintaqasida maydon tashqarisidagi «o‘yinlar»

Baho:
+ | -

Shimoliy Amerika mamlakatlari termalari Markaziy Amerika hududidagi issiq havoga moslashgan raqiblariga qo‘shimcha muammolar o‘ylab topishda davom etmoqda. Mana, AQSH milliy jamoasi Gonduras termasini qahraton Minneapolisda qabul qildi. Diqqat qiling, JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan bu o‘yin vaqtida havo harorati minus 16 darajagacha tushdi. Xullas, gondurasliklar o‘zi sovuq iqlim hukm suradigan mamlakatda ham o‘ta g‘ayrioddiy sharoitda o‘ynashga majbur bo‘lishdi.

Albatta, gonduraslik futbolchilar issiq havoga ko‘nikishgan. Axir ularning mamlakatlarida hattoki, qishda ham havo harorati o‘rtacha +27 darajani tashkil etadi. Qor yog‘ishi esa fantastika hisoblanadi. Aslida amerikaliklar futbol o‘yini uchun yoqimli hudud topishlari mumkin edi. Deylik, Kaliforniyada havo harorati chamasi +16 daraja atrofida. Lekin ular shimolda o‘ynashni ma’qul ko‘rdilar. Natijada barcha futbolchilar maydonga termo ichki libos bilan tushishdi, ko‘pchilik hattoki, yuziga maxsus niqob tortdi. Chunki, Minnesotaning izg‘irin havosidan nafas olish ham muammo. «Bu normal holat emas, - deya nolidi Gonduras termasi bosh murabbiyi Ernan Dario Gomes o‘yin oldidan. - Shunday sharoitda o‘ynab, natijaga erishish mumkin emas. Uchrashuv hali boshlanmasidan uning tugashini kuta boshladim. Bu - futboldan zavqlanish emas, balki azobdir».

Murabbiy haq bo‘lib chiqdi, hattoki, qo‘shimcha isinish choralari ham mehmonlarga yordam bermadi: tanaffus payti ikki futbolchini almashtirishga to‘g‘ri keldi. Chunonchi, darvozabon Luis Lopes va hujumchi Romella Kioto muzlab qolishganidan shikoyat qilishdi. Ularga gipotermiya (muzlab qolish) tashxisi qo‘yildi. Lopes hattoki, kiyinish xonasidan ham chiqolmadi va butun ikkinchi bo‘lim davomida shifokorlardan yordam oldi. Yakunda AQSH termasi 3ta javobsiz gol urib, osongina g‘alabaga erishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Greg Berxalter barchasi, jumladan, ob-havo sharoitidan ham qoniqish hosil qilganini yashirmadi. U yana Gondurasdagi o‘yinda jaziramadan qanday azoblanishganini ham esga oldi: «Gonduras termasi vakillari va hakamlarni issiq jihozlar, termo liboslar bilan to‘liq ta’minladik. Ya’ni ularga xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha barcha harakatlarni amalga oshirdik. Yana bir gap - janubiy mamlakatlarga borsak, 32 daraja issiq va 90 foiz namlikda o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Bu ham shunchaki, chidab bo‘lmas holatdir. Issiq ta’sirida yigitlar tezda chanqashadi, oyoqlari holsizlanadi. Nima derdim, bizdagi raqobat tabiati - shu. Ha, o‘yin uchun muayyan joyni tanlashda kunlik o‘rtacha haroratga e’tibor qaratish kerak. Bu safar masofani minimallashtirishni xohladik. Sovuq havoda 2ta o‘yin o‘tkazishimizni bilardik va uchinchisida muhitni o‘zgartirolmasdik. Umuman, havo harorati ham tushib ketdi. Bunisini nazorat qilolmaymiz. Bunday vaqtda yagona chora - termo ichki kiyim kiyish va maydonga tushib, yugurish. Jamoam xuddi shunday qildi».Tushunarliki, sovuq Gonduras termasi o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. «Menimcha, raqiblarimiz bunday ob-havo sharoitida o‘ynashni o‘ylashmagan, - dedi gollardan biri muallifi Uoker Simmerman. - Bu chigilyozdi mashqlaridayoq yaqqol sezildi». Hujumchi Timoti Vea esa hattoki, hazillashdi ham: «Agar yana bir marta shunday sovuqda o‘ynashimga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, faoliyatimni yakunlab qo‘ya qolishim ma’qul».

Tanganing ikkinchi tomoni bor, albatta. Amerikaliklar Gondurasda chindan ham, o‘ta issiq havo sharoitida o‘ynashgan. Ammo mezbonlar atayin shunday issiq joyni tanlashmagan. Chunonchi, Gonduras hududi uncha katta emas va mamlakatda havo harorati deyarli bir xil. Birinchi uchrashuv o‘tgan yilning 9 sentabr kuni Gondurasning ikkinchi yirik shahri - mamlakatdagi eng katta stadion joylashgan San-Pedro-Suleda tashkillashtirilgandi. O‘sha kuni havo harorati 34 darajaga oshgan, namlik esa 74 foizga yetgandi. Umuman, mamlakatdagi sig‘imi 20 mingdan ko‘p barcha stadionlar joylashgan shaharlarda havo harorati 30 darajadan past bo‘lmagan. Asosiy fakt shuki, issiq mezbonlarga qo‘l kelmagan - ular tanaffusgacha hisobda oldinda borishganiga qaramay, yakunda mag‘lubiyatni tan olishgane - 1:4.

O‘RTAGA

FIFA reglamentida o‘ta qattiq sovuq sharoitida o‘yinni bekor qilish bo‘yicha band yo‘q. Xalqaro professional futbolchilar uyushmalari federasiyasi esa havo harorati -15 darajadan tushgan payt mashg‘ulotlar va o‘yinlarni qoldirishni tavsiya qiladi. Ammo bu rasmiy kuchga ega emas.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:06, 10.02.2022.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.