Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan darvozabonlar kim ekanini bilasizmi?

APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan darvozabonlar kim ekanini bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" posboni David De Xea Angliyada o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilganidan xabaringiz bor. Umuman olganda, tarix ushbu sovrinni asosan va ko‘p hollarda hujum vakillari yutganidan guvohlik beradi. Biroq, sanoqli darvozabonlar ham eng yaxshilar qatorida qayd etilgan. Ularning kim ekanini quyida bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Devid Simen – "Arsenal" (1995)

Londonning "Arsenal" klubi posboni Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilgan dastlabki kiper edi. U 1995 yilning aprel oyida bu nomga loyiq topiladi. O‘shanda Simen o‘z jamoasining bir oyda uchta ketma-ket g‘alabasiga katta yordam bergan. Bu esa "Arsenal"ni APLda qolishiga turtki beradi.

Tim Flauers – "Blekbern" (1997, 2000)

Flauyers APLda ikki bor oy o‘yinchisiga aylangan yagona darvozabon edi. U 1994-95 yilgi mavsumda "Blekbern Rovers"ni chempionlik shohsupasiga yetaklashda jonbozlik ko‘rsatadi. Klub keyingi mavsumda barqarorlik borasida muammolarga duch kela boshlaydi. Shunga qaramay, Flauyers 1997 yilning yanvar oyida uchta o‘yinni quruq o‘tkazib, oy futbolchisiga aylanadi. U, shuningdek, 2000 yilning sentyabr oyida ham bu nomga sazovar bo‘lgan. O‘sha paytda Tim "Lester Siti" sharafini himoya qilayotgan edi. Uning jamoasi, "tulkilar" 2000-01 yilgi mavsumni omadli boshlagan, sakkizta turdan keyin turnir jadvalida peshqadam bo‘lgan.

Aleks Manninger – "Arsenal" (1998)

Ushbu sovrin Aleksga kutilmaganda nasib etadi. Darvozabon besh mavsum davomida "Arsenal" safida zahira posboni bo‘lib keladi. U 1997-98 yilgi mavsumda Devid Simenning jarohati sabab, maydonga tushiriladi. 1998 yilning mart oyida uchta o‘yinni quruq o‘tkazgan Manninger, APLda oy futbolchisi deb topiladi. U mavsumni jami 6 ta quruq o‘yin bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ladi.

Pol Robinson – "Lids" (2000)

Pol Robinson o‘sha yili "Lids"ga endigina olib kelingan edi. Ammo u jamoaga tezlik bilan moslashib keta olgan. Darvozabon 2000 yilning noyabr oyida eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Pol o‘shanda oy yakunigacha atigi bitta uchrashuvni golsiz yakunlaydi. Ammo uning ko‘rsatgan fantastik o‘yini hammani hayron qoldiradi. Ingliz posboni mavsum davomida 24 ta bahsda ishtirok etadi. "Lids" esa mavsum so‘ngida YECHLda yarim finalgacha yetib boradi.

Petr Chex – "Chelsi" (2007)

Chex APL tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri ekanini yaxshi bilasiz. 2007 yil esa chexiyalik uchun omadli boshlanadi. U bir oyda to‘rtta o‘yinni, "Man Siti", "Portsmut", "Sheffild" hamda "Uotford" bilan uchrashuvni golsiz yakunlab, o‘zini ko‘rsatadi. Turnir mutasaddilari esa, uni oy futbolchisi sifatida e’tirof etishadi. Qolaversa, Petr Chex hali ham APLning eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan (202 ta) darvozaboni sanaladi.

Mark Shvarser – "Fulxem" (2010)

Shvarser London klubi safiga 2008 yilda, "Midlsbro"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. U besh mavsumni ushbu jamoada o‘tkazgan. Bu davr mobaynida esa 218 ta o‘yinda ishtirok etgan. Shvarser 2010 yilning fevral oyida APLda eng zo‘r futbolchi sifatida tan olinadi. Chunki u oy davomida beshta o‘yin o‘tkazib, undan to‘rttasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgandi. Shuningdek, 2009-2010 yilgi mavsumda "Fulxem" aynan Markning ishonchli o‘yinlari orqali Yevropa ligasiga yo‘l olgan. Jamoa hatto turnir finaligacha yetib borib, ekstra taymda "Atletiko"ga imkoniyatni boy beradi.

Tim Krul – "Nyukasl" (2013)

Ayni damda "Norvich" safida harakat qilayotgan darvozabon, "Nyukasl"ning qahramonlaridan biridir. U 2013 yilning noyabr oyida "qarg‘alar" bilan fantastik o‘yin namoyish etadi. O‘sha oyda "Nyukasl" ketma-ket to‘rtta o‘yinni yutgan, ularning hech birida gol o‘tkazib yubormagan edi. Shuningdek, jamoa to‘rtta bahsning ikkitasida "Chelsi" hamda "Tottenxem" kabi gigantlarni taslim etadi. "Shporlar"ga qarshi 14 ta seyv ijro etgan Krul, oyning eng zo‘r futbolchisi deya e’tirof etiladi.

Freyzer Forster – "Sautgempton" (2016)

Forster, dastlab, 2015-2016 yilgi mavsumda 708 daqiqa davomida gol o‘tkazib yubormay, klub rekordchisiga aylanadi. U 2016 yilning fevral oyida 3 ta o‘yinni quruq yakunlagan. Bu natija "Arsenal", "Svonsi" hamda "Vest Xem"ga qarshi bahslarda qo‘lga kiritiladi. Shundan so‘ng, ingliz posboni oyning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. O‘sha yili klub mavsumni oltinchi o‘rinda, 63 ochko bilan tugatgan. Bu esa "avliyolar"ning APL tarixidagi eng zo‘r natijasidir.

David De Xea – "MYU" (2022)

De Xea ushbu ro‘yxatga to‘qqizinchi darvozabon sifatida kiritildi. Chunki uning yanvar oyida ko‘rsatgan o‘yini o‘ta kuchli edi. Ispaniya terma jamoasi a’zosi oy davomida 22 ta jiddiy seyv ijro etdi. Uning harakatlari sabab "qizil iblislar" "Brentford" hamda "Vest Xem"ga qarshi bahsda ketma-ket g‘alaba qozona olgan edi. Shunday qilib, De Xea o‘z nomini tarixga yana bir bor muxrlab qo‘ya oldi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:10, 10.02.2022.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.