Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yaponiyalik mutaxassis Tetsuya Tsutida bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yaponiyalik mutaxassis Tetsuya Tsutida bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston hamda Yaponiya futbol assosiasiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng yurtimizda faoliyat yuritish uchun yaponiyalik taniqli bolalar va o‘smirlar futboli mutaxassisi Tesuya Sutida taklif etildi.

Yurtimizga tashrif buyurgan mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma shartlari muhokama qilindi, shuningdek, O‘FA qoshidagi 14 ta bolalar va o‘smirlar akademiyalarining ish faoliyatini tizimli yo’lga qo‘yish, iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali olib borish, yosh futbolchilarni to‘g‘ri ovqatlanish me’yorlari, vitaminizasiya jarayonlari va boshqa bir qancha muhim masalalar haqida atroflicha kelishib olindi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov uchrashuv davomida yaponlarga xos bo‘lgan professionalizm va ishga bo‘lgan yondashuv yurtimizdagi bolalar futboliga zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Tesuya Sutida 23 yil davomida Yaponiyaning eng nomdor klublaridan biri bo‘lgan “Kashima Antlers”ning yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan.

Bundan tashqari, U12, U15 va U18 toifalaridagi futbol jamoalariga rahbarlik qilgan. Yaponiya milliy terma jamoasiga 20 dan ortiq futbolchilarni yetishtirib bergan. Shuningdek, Sutida 2016 yildan buyon “C” toifali murabbiylar uchun, 2017 yildan esa “B” toifali murabbiylar uchun instruktor sifatida ta’lim berib kelmoqda.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:55, 10.02.2022.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.