Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ramos «Real»ga qarshi dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Ramos «Real»ga qarshi dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Serxio Ramos katta ehtimol bilan Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. O‘yinchi hali jarohatidan tiklanishga ulgurmadi.

Eslatib o‘tamiz, ilk uchrashuv 15 fevral, seshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Ispaniyalik futbolchi 9 mart kuni bo‘lib o‘tadigan javob bahsida ishtirok etishadi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

Ma’lumot o‘rnida. 35 yoshli Ramos 2005-2021 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. Madridliklar safida u 671ta uchrashuvda ishtirok etib, 101ta gol va 40ta assist muallifiga aylandi. Ramos o‘tgan yilning yozida erkin agent sifatida "PSJ" a’zosiga aylandi va klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:46, 12.02.2022.
O'qildi: 2714 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик