Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

"Manchester Yunayted" yangi hujumchi sotib olishi kerak. Ular Xolandni qo‘lga kiritishlari mumkinmi?

"Manchester Yunayted" yangi hujumchi sotib olishi kerak. Ular Xolandni qo‘lga kiritishlari mumkinmi?

Baho:
+ | -

Edinson Kavani yozda ketish ehtimoli borligi sababli, "qizil iblislar" faol ravishda munosib o‘rinbosar izlashi kerak.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Yevropaning eng yirik klublari Erling Xoland uchun transfer kurashida ishtirok etayotgani sababli, yozda klubga yangi hujumchi kerakligi haqida ochiq gapirdi.

“Qizil iblislar” norvegiyalik hujumchiga anchadan beri qiziqib kelishgan, lekin ular haqiqatdan ham uni qo‘lga kiritishga qodirmi? Rangnik bu haqda nima deydi?

“Ko‘rinib turibdiki, “Yunayted”ga hujumchi kerak. Edinsonning shartnomasi yozda tugaydi va klubga markaziy hujumchi kerak. O‘ylaymanki, bu haqda hamma biladi”.

"Manchester Yunayted" hujum chizig‘i hozir qanday holatda?

Krishtianu Ronaldu shubhasiz "Old Trafford"da 1-raqamli hujumchi hisoblanadi. Edinson Kavani ham vaqti-vaqti bilan nemis va undan oldingi Ole Gunnar Sulsher tomonidan maydonga tushirib turilgan.

Biroq, ikkalasining ham karyoralari yakunlanib bormoqda, Kavanining shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. Ronalduning "Old Trafford"dagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan, u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin, ammo u yaqinda 37 yoshga to‘lganini hisobga olsak, bu uzoq muddatli yechim emas.

Ayni paytda, Antoni Marsyal "Sevilya"da ijarada va u 2022-23 yilgi mavsumda asosiy jamoaning bir qismi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda, Meyson Grinvud hozirda "Yunayted" tomonidan jazolangan.

Angliya terma jamoasi a’zosi Markus Reshford hujumchi roli uchun variant, garchi u asosan qanot hujumchisi sifatida ishlatilgan va hujumning chap tomoni uning eng yaxshi o‘ynaydigan pozisiyasi hisoblanadi.

"Yunayted" so‘nggi paytlarda har bir gol uchun kurashmoqda, yomon o‘yin tufayli Angliya kubogidan chiqib ketishdi, shuningdek, Premyer-ligada "Byornli"ga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi. "Qizil iblislar" ligada bu mavsum jami 37 ta gol urgan.

Xoland bilan bog‘liq vaziyat qanday?

Ko‘rinib turibdiki, yozda bir nechta klublar Xolandni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, jumladan, "Yunayted", "Siti", "Real Madrid", "Barselona", "Chelsi", "Liverpul", "Bavariya" va “PSJ”.

Xolandning keyingi klubi uchun nimani afzal ko‘rishi noma’lum, shuningdek, Dortmundda qolish imkoniyati saqlanib qolmoqda va norvegiyalik buni rad etmadi.

14 yanvar kuni 21 yoshli futbolchi yozda nima qilishni rejalashtirayotgani haqida
qaror qabul qilish uchun Dortmund tomonidan bosim o‘tkazilayotganini aytdi.

Shu bilan birga, Xolandning shartnomasi 2024 yilda tugaydi, ammo uni 2022 yilda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar 75 million yevro to‘lasa bo‘ldi.

"Manchester Yunayted" muxbiri Sharlotta Danker bu vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi:

“Xoland uzoq vaqtdan beri “Yunayted”ning radarida bo‘lgan o‘yinchi va 2019 yilning yanvar oyida transfer oynasida u jamoada bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar bo‘lgandi, ammo agent talablari tufayli kelishuv amalga oshmay qoldi.

Rangnik aytganidek, “Yunayted” bu yozda hujumchi olishni xohlaydi va u ularning orzulari ro‘yxatida qoladi. Biroq hujumchiga "Real" va "Manchester Siti" kabi klublar qiziqish bildirayotganligi sababli uning "Old Trafford"ga o‘tishi dargumon. Xoland bir necha bor kuboklarni yutib olishni istashini aytdi va hozirda “Yunayted” buning uchun ishonchli tanlovga o‘xshamaydi.

Shu sababdan "Manchester Siti" eng yaxshi variant bo‘lardi, bundan tashqari "Yunayted" va Xolandning agenti Mino Rayola o‘rtasida ham muammolar bor. Agar “Siti” uning uchun harakat qilsa, bu o‘tgan yozda Xosep Gvardiola jamoasi bilan shartnoma imzolashga uringan Harri Keyn o‘rnini bilintirmasligi mumkin".

Kiritildi: 20:27, 12.02.2022.
O'qildi: 3045 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.