Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

“CHumchuq so‘ysa ham — qassob so‘ysin” yoxud Ralf Rangnikning “Manchester Yunayted”dan ketadigan vaqt keldi (mi?)

“CHumchuq so‘ysa ham — qassob so‘ysin” yoxud Ralf Rangnikning “Manchester Yunayted”dan ketadigan vaqt keldi (mi?)

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ochko yo‘qotishda davom etmoqda, lekin bundan ham yomoni, "qizil iblislar" o‘ta ishonarsiz o‘yin ko‘rsatishmoqda va kuchli to‘rtlikdan chiqib ketish xavfi ostida turibdi. Balki “MYU” Ralf Rangnikni bekorga bosh murabbiy etib tayinlagandi? Shu sabab, nemis mutaxassisining kelajagi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ni ikki oydan sal ko‘proq vaqt davomida boshqardi, ammo hozircha jamoa o‘yinida hech qanday yaxshilanish kuzatilmadi. “Qizil iblislar” nemis murabbiyi boshchiligida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, barcha o‘yinlarda ikki marta mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, ular ushbu o‘yinlarning faqat olti martasida g‘alaba qozongan. Agar siz Premyer-liga turnir jadvaliga qarasangiz, “Manchester Yunayted”da jiddiy muammolar borligini ko‘rasiz. “Qizil iblislar” hozirda 24 ta o‘yindan so‘ng 40 ochko to‘plashdi. Bu “Vest Xem” bilan bir xil ko‘rsatkich, ammo londonliklar to‘plar nisbati evaziga yaxshiroq natija ko‘rsatib, ularni to‘rtinchi o‘rinda bir pog‘ona pasttga tushirib yuborishdi. "Manchester Yunayted" zahirada ikkita o‘yini bo‘lgan "Arsenal"dan atigi bir ochko, zaxirada yana uchta uchrashuvi bor "Tottenxem"dan 4 ochko va "Vulvervempton"dan 6 ochko oldinda. Umuman olganda, "Manchester Yunayted" o‘zini kuchli 6 talikdan tashqaridamiz deya bemalol his qilsa bo‘ladi!

"Manchester Yunayted" uchun eng yomoni hozirgi holati bo‘yicha ham, yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha ham emas, balki muammo shundaki, jamoa o‘yinida na taktik sxema, na aniq ko‘zlangan reja bor. Jamoada hozir ham xarakter ko‘rsata olmayapti. Ular so‘nggi 3 uchrashuvda unchalik kuchli bo‘lmagan raqiblar - "Midlsbro", "Byornli" va "Sautgempton"ga qarshi kechgan o‘yinlarda o‘z ochko ulashdi. "Midlsbro"ga qarshi kubok o‘yinida mankunianliklar penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi va kubokni erta tark etishdi.

Rangnik "Manchester Yunayted" ustozi lavozimiga tayinlanganida, bu qaror o‘shanda ham juda g‘alati ko‘ringandi. Nemis murabbiyi uzoq vaqtdan beri sport direktori lavozimida ishlab kelgan. Bundan tashqari, Rangnik zamonaviy nemis murabbiylik maktabining yaratuvchisi hisoblansa-da, shaxsiy yutuqlari bilan maqtana olmaydi.

Rangnik “Manchester Yunayted” bosh murabbiylik roliga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. O‘ylab ko‘ring, “qizil iblislar” uning qo‘l ostidagi so‘nggi 3 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 3 ta gol urishdi! Bujamoa hujum chizig‘ida Krishtianu Ronaldu, Edinson Kavani, Bruno Fernandesh, Jeydon Sancho, Markus Reshford va yaqin vaqtgacha Meyson Grinvud bor edi!

Nemis o‘yinchilarga o‘z g‘oyalarini singdira olmayapti (agar g‘oya bo‘lsa), go‘yo futbolchilar uni aytganini qilmayotgandek, Ralfni jamoadan ketkizishga urinish bo‘lgandek tasavvur uyg‘otadi. Ingliz OAVlarining yozishicha, futbolchilar Rangnikning talablaridan mamnun emas.

Qaysidir OAVda Rangnik kelasi mavsumda ham bosh murabbiy sifatida “Manchester Yunayted”da qolishi mumkinligi haqida yozishdi. “Qizil iblislar”ning hozirgi rahbariyati hamma narsaga qodirdek ko‘rinsa-da, bundan yaxshiroq yechim topa olishmayapti. Shu bilan birga, Rangnik har qanday holatda ham klubda yordamchi murabbiy, yoki shunga o‘xshash lavozimda qolishi haqiqat!

Rangnik “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyini tanlashda ishtirok etishi aytilgan. Matbuotda mankunianliklarni Luis Enrike, Erik ten Xag yoki Maurisio Pochettino boshqarishi mumkinligi haqida aytilmoqda. Hatto bitta ro‘yxatda bir-biridan katta farq qiladigan murabbiylarni ko‘rish juda hayratlanarli. Biroq, yuqorida nomi keltirilgan mutaxassislar Rangnikdan yaxshiroq natija ko‘rsatishi aniq.

Ha, “Manchester Yunayted”da jiddiy isloh qilish payti keldi. Yakuniy qaror esa albatta klub rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.

Нима деб ўйлайсиз, "Манчестер Юнайтед"ни ким бошқаради?

Kiritildi: 11:57, 13.02.2022.
O'qildi: 5117 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.