Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Saidafzalxon Ahrorov: «Terma jamoa yig‘ini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi»

Saidafzalxon Ahrorov: «Terma jamoa yig‘ini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi»

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, "Turon" klubining yosh iqtidorli himoyachisi Saidafzalxon Ahrorov O‘zbekiston (U-21) terma jamoasining Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etib qaytdi. Biz 12-fevral sanasidan asosiy tarkib jamoamiz mashg‘ulotlariga qo‘shilgan yosh futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

— Saidafzalxon, mana yaqinda O‘zbekiston (U-21) terma jamoasi yig‘inida ishtirok etib qaytdingiz. Taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz…
— Terma jamoa yig‘ini ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘inda biz tajriba to‘pladik, turli xorij jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Nazorat uchrashuvlarida qayd etgan natijalarim yomon bo‘lmadi deb o‘ylayman.

Yig‘in davomida terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar juda ham qiziqarli ruhda o‘tdi. Oldimizga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bor mahoratimizni ishga solgan xolda bajarishga harakat qildik. Terma jamoaning shu kabi yig‘inlari davomida biz yosh futbolchilar har tomonlama o‘sishga erishmoqdamiz. Albatta O‘zbekiston (U-21) terma jamoasi yig‘iniga jalb etilayotganimdan judayam xursandman, kelgusida Vatanimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarilishiga o‘z hissamni qo‘shish uchun bor kuch-g‘ayratim bilan harakat qilaman.

— Siz «Turon» yoshlar jamoasidan asosiy tarkib jamoasiga jalb etildingiz. Aytingchi, asosiy tarkib jamoasiga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?
— Avvalo, menga ishonch bildirganliklari uchun jamoamiz murabbiylar shtabiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Asosiy tarkib jamoamizda ham do‘stona muhit shakllangan, ahil jamoa shakllangan deb ayta olaman. Tajribali futbolchilardan o‘rganmoqdamiz, tajriba to‘playapmiz. Jamoamiz oldiga yangi mavsum yakunida Superliga yo‘llanmasi maqsad qilib qo‘yilgan. Nasib bo‘lsa zimmamizdagi vazifani to‘laqonli bajaramiz, bu yo‘lda barcha futbolchilar astoydil mehnat qilishda davom etamiz. Anvar Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi ayni damda tashkil etilayotgan yig‘inga kelib qo‘shilishim bilan menga alohida ko‘rsatmalar berishdi. Jamoamizga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar bilan tezda kirishib ketdik. Oldimizda mavsum boshlanguniga qadar bmr nechta nazorat uchrashuvlari bor, mazkur o‘yinlarda g‘alabaga erishib mavsumga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik jarayonini davom ettirishni maqsad qilganmiz.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 10:42, 15.02.2022.
O'qildi: 1789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.