Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Ana xolos! Ronalduga tanqidning "qaynog‘i" taqdim etildi

Ana xolos! Ronalduga tanqidning "qaynog‘i" taqdim etildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq yulduz futbolchilaridan biri Pol Ins Krishtianu Ronaldu haqida keskin fikrlar bildirdi. U shunday deydi:

"Odamlar uning (Ronalduning) jamoga olib kelinishi, klub, futbolchilar va yosh o‘yinchilar uchun foydali bo‘lishi haqida ko‘p gapirishdi. Hatto, biz ham shunday fikrda edik. Ha, u mavsum boshida maydonni yondirdi. Hamma uni maqtadi, sha’niga go‘zal so‘zlar bilan sharh qoldirdi.

Biroq, ko‘p o‘tmay, Ronaldu jamoaga yordam bera olmay qoldi. Hammaning ko‘z o‘ngida go‘yoki, cho‘kishni boshladi. Mana endi esa, Ronaldu umidsizday tuyulmoqda. Ha, u aynan umidsizlikka tushgan. Bilasizmi, Ronaldu - xudbin futbolchi! Ronaldu doimo Ronalduni o‘ylagan. Agar gol ura olmasa, go‘yo galaktika to‘xtab qoladi, xafa bo‘ladi.

Biz ko‘rdik, u "Yuventus"ni tark etganidan keyin, Jorjo Kyellini klubni "bir oila"ga aylanganini ta’kidladi. Endi esa "Yuve"dagi holat "MYU"da ham yuz bermoqda. To‘g‘ri, jamoadagi hamma Ronaldu bo‘la olmaydi. Lekin hamma gol ura olmayotgan Ronaldu kabi umidsizlikka tushib qolgan. Men uni keyingi mavsum jamoada qoladi deb o‘ylamayman.

Ayniqsa, Rangnik qolsa, Ronaldu aniq boshqa klubga ketadi. Bilasizmi, U o‘ynashi kerak. Klub hech kimga, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, shunchaki, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi uchun haftasiga yarim million funt to‘lamasligi kerak!".

Eslatib o‘tamiz, "MYU" bugun "Brayton" bilan bahs yuritadi.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 18:15, 15.02.2022.
O'qildi: 9087 marta.
Fikrlar: 66 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик