"MYU" va "Arsenal" bir futbolchi xaridi borasida kurash olib boradi. Ingliz matbuotiga ko‘ra, "Leypsig" futbolchisi Kristofer Nkunkuni ikkita Angliya klubi kuzatmoqda.
Xususan, "MYU" Nkunkuni Pol Pogba o‘rniga olib kelishni reja qilgan bo‘lsa, "Arsenal" Pepe o‘rnida Nkunku bo‘lishini istamoqda. Nkunkuning joriy klubi bilan tuzgan bitimi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.