Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

"Paxtakor" yirik hisobda "Dinamo" Tbilisiga imkoniyatni boy berdi

"Paxtakor" yirik hisobda "Dinamo" Tbilisiga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Turkiya yig‘inidagi uchinchi nazorat bahsida "sherlar" Gruziyaning "Dinamo" klubi bilan maydonga tushdi.

Bellashuv har ikki jamoaning hujumkor va tomoshabop o‘yini bilan kechdi. Dastlab ustunlik qilgan gruziyaliklar 15-daqiqada hisobni ochishdi. Qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Bilenki o‘tkir burchakdan to‘pni darvozaning uzoq burchagiga yerlatib aniq yo‘lladi. Birinchi bo‘limning qolgan vaqti mobaynida ustunlik "Sherlar" tarafida bo‘ldi. Temirov deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmagan bo‘lsa, keyinroq Turg‘unboyevning boshi bilan bergan zarbasi darvoza yonginasidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan "Paxtakor" juda qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Dastlab Cheranning aniq zarbasidan so‘ng darvozabon mahorat ko‘rsatdi. 56-daqiqada Temirovning urinishidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. "Dinamo"ning javob hujumi gol bilan tugadi. Tezkor hujumni Mekvabishvili samarali yakunladi. Bir holatda raqib posboni mahorat ko‘rsatdi. U bir necha soniya ichida Sayfiyev va Cheranning aniq zarbalari yo‘liga g‘ov bo‘ldi. 73-daqiqada qarshi hujumdan so‘ng Mali hisobni yiriklashtirdi. O‘yin yakunigacha Larinning zarbasi yodda qoldi. Bu vaziyatda ham to‘p darvoza chizig‘idan qaytarildi.

Navbatdagi nazorat bahsi 19 fevral kuni Kiyevning "Dinamo" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"PAXTAKOR" - "DINAMO" TBILISI - 0:3 (0:1)

"Paxtakor": Quvvatov (Isaqov, 78), Alijonov (Ergashboyev, 83), Xadjiyev (Larin, 65), A’zamov (Yoqubov, 90), Sayfiyev (Roziyev, 71), Sobirxo‘jayev (Hamrobekov, 46), Aliboyev (Fayzullayev, 75), Cheran (Sharkich, 65), Rashidov (Erkinov, 59), Turg‘unboyev (Xolmatov, 59), Temirov (Mirahmadov, 59).

Gollar: Bilenki, 15 - 0:1. Mekvabishvili, 57 - 0:2. Mali, 73 - 0:3.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:09, 15.02.2022.
O'qildi: 3099 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.