Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Metallurg" bugun Turkiyadagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi

"Metallurg" bugun Turkiyadagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bugun “Metallurg” Turkiya yig‘inidagi so‘nggi ko‘rik uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib 2021 yilgi Gruziya chempionatining bronza medali sovrindori Gori shahrining “Dila” jamoasidir. “Metallurg” singari yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dila” uchun ham mazkur o‘yin xorijdagi oxirgi ko‘rik o‘yini bo‘ladi. Gruziyaning 2022 yilgi chempionati 26 fevral sanasida start oladi.

Quyida bo‘lg‘usi Gruziya klubi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. “Dila” futbol klubiga 1949 yilda asos solingan. Jamoaga ukrainalik mutaxassis Andrey Demchenko bosh murabbiylik qiladi. 1990 yildan Gruziya chempionatida muntazzam qatnashi kelayapti. Eng yaxshi natijasiga 2014/2015 yilgi mavsumda erishgan – mamlakat chempioni bo‘lgan. 2011/2012 yilgi mavsumda esa Gruziya kubogiga sazovor bo‘lgan. 2004 yildan Yevropa kuboklari musobaqalarida qatnashib keladi. Intertoto, Yevropa ligasi, UEFA chempionlari ligasi musobaqalarining qatnashchisi. Yangi mavsumda UYEFA konferensiya ligasi kubogida Gruziya sharafini himoya etadi.

Jamoaning ayni paytdagi tarkibida bir qator legioner o‘yinchilari ham bor. Bular – himoyachilar Patrik Etu (Kongo), Tyerri Manzi (Ruanda), Vanderson, Alef Santos (Braziliya), yarim himoyachilar – Amos Nendi (Keniya), Fransisko Madinga (Malavi), hujumchilar – Usmon Kamara (Gvineya), Didye Kugbenya (Togo) lardir.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:36, 16.02.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик