Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«PSJ» xarakteri kuchli jamoaga aylanmoqda

«PSJ» xarakteri kuchli jamoaga aylanmoqda

Baho:
+ | -

Butun 90 daqiqada "Real"ning ham hujumlar uyushtirgan kichik davrlari bo‘ldi. Lekin ular nisbatan olganda keskin kam edi.

"PSJ" 21 ta zarba bergan! 8 tasi aniq. Shundan bitta gol chiqyapti. Bu kam edi. Anchelottining omadi. Kurtuaning 93-daqiqagacha mukammal o‘yini!

Bu o‘yinda eng ajablantirgan holat, penaltidan so‘ng o‘ziga tez kelgan "PSJ". Jamoa yanayam kuchliroq o‘ynadi. Mbappeni aytyapmiz-u, lekin u oldindagi deyarli hamma sherigi bilan devor o‘ynab yurdi "Real" darvozasi oldida. Nega kutmagandim? Parijliklarni xarakteri zaif jamoa, deb o‘ylab kelardim. Yo‘q. Unday emas, klub o‘syapti bu tomondan ham.

Lekin, to‘g‘ri — Madridda boshqa "Real" bo‘lishi ehtimoli yuqori. Xullas, o‘yin davom etadi hali!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:46, 16.02.2022.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик